Tramp Tillersonni ishdan boʻshatdi

Tramp Tillersonni ishdan boʻshatdi

AQSh prezidenti Donalьd Tramp Qoʻshma Shtatlar Davlat kotibi Reks Tillersonni ishdan boʻshatdi. Uning oʻrnini MRB direktori Mayk Pompeo egallaydi. AQSh rahbari Tillersonga minnatdorlik bildirgan va Pompeo oʻzining yangi lavozimida “fantastik ishlarni amalga oshirishiga” ishonch bildirgan.

Amerika Markaziy Razvedka Boshqarmasi rahbari etib Jina Xaspel tayinlanishi aytilmoqda. Ayol bunga qadar Pompeo oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Oʻz navbatida Donalьd Tramp davlat kotibi Reks Tillersonning isteʼfosini fikrlar va qarashlardagi tafovut bilan izohladi. Tramp shuningdek ancha vaqtdan buyon Tillerson bilan uning ishdan boʻshatilishini muhokama qilib kelganligini maʼlum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

 “Biz u bilan bu haqda uzoq vaqt gaplashganmiz, biz yaxshi kelishamiz, lekin fikrlarimizda tafovut bor edi”,- degan Tramp.

Tillerson bilan fikrlari turlichaligi haqida gapirar ekan, Tramp Eron bilan kelishuvni misol tariqasida keltirib oʻtgan.

 “Men uni dahshatli deb hisoblayman, u esa normal deydi,… biz bir xil oʻylamaganmiz, Mayk Pompeo bilan esa bir xil fikrlaymiz”,- degan Amerika prezidenti.

Tillerson haqida toʻxtalar ekan, Tramp uni yaxshi odamligini aytib, “xizmatini juda qadrlashini” qoʻshimcha qilgan.

 “Biz har xil fikrlaymiz,…men uning aqlini hurmat qilaman, biz yaxshi munosabatdamiz, lekin siz buni kimyo deb atashingiz mumkin, shunchaki baʼzida odamlar yaxshi kelishishadi, Mayk Pompeo bilan birinchi daqiqadayoq kelishganman”,- degan Tramp.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.