Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining “Konsulьtativ uchrashuvi” Ostonada boʻlib oʻtadi

775
0

Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining “Konsulьtativ uchrashuvi” Ostonada boʻlib oʻtadi

 “Fargʻona” axborot agentligining xabar qilishicha, Markaziy Osiyo mamalakatlari rahbarlarining uchrashuvi 15 mart kuni boʻlib oʻtadi. Bu haqida Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning matbuot xizmati xabar qilgan.

 Muzokaralarda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston yetakchilari ishtirok etadi. “Oldinroq rejalashtirilgan oliy martabali uchrashuv sabab, Turkmanistondan mamalakat Majlisi raisi A.T. Nurberdiyeva ishtirok etadi” ,- deyiladi xabarda.

 Qozogʻistonlik siyosatshunos Yerlan Karin boʻlajak anjuman sammit emas, “maslahat” uchrashuvi doirasida oʻtishini taʼkidlaydi. “Shunga qaramasdan tadbir mintaqaviy hamkorlikdagi jiddiy oʻzgarishdan darak beradi, chunki uzoq yillardan beri Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari boshqa maydonlardan (ShHT,MDH va h.k) farqli oʻlaroq, oʻz tashabbusi bilan ilk bor uchrashmoqdalar”, – deb yozadi u.

 Matbuot xizmati boshligʻi Kayrat Abdurahmonov oʻtgan yilning kuzida Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarini Ostonada yigʻish niyati borligini maʼlum qilgandi. “KazInform” xalqaro axborot agentligi mulozimning mintaqada “anʼanaviy doʻstlik va birodarlik” rishtalari tobora mustahkamlanib borayotganligiga doir soʻzlarini keltiradi.

 Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha vakili Peter Burian ham boʻlajak anjumanni yoqlab chiqdi. “Mamlakat rahbarlarining oʻzlari, boshqa sheriklarsiz, istiqbolli yoʻnalishlarni muhokama qilishlarini, toʻsiqlarni yengib oʻtishda oʻzlarining mintaqaviy strategiyasini rivojlantirishini xohlagan boʻlardik”,- deb taʼkidlaydi u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.