Erdogʻan: 14-15 asrga oid hukumlarni bugungi kunda tatbiq etolmaysiz

Erdogʻan: 14-15 asrga oid hukumlarni bugungi kunda tatbiq etolmaysiz

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Milliy Kongress va Madaniyat markazida Gʻarb dunyo qarashidan kelib chiqqan 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil qilingan dasturda nutq soʻzladi. Prezident Erdogʻan oʻz nutqida ayollarning gʻarblashib ketayotganligiga qarshi munosabat bildirgan kishilarga qarata, 14-15 asrlarda tatbiq qilingan Islom hukumlarini bugungi kunda tatbiq etib boʻlmasligini bildirdi. Unga koʻra, zamon va sharoitlarning oʻzgarishi bilan bir qatorda Islom hukmlari ham oʻzgarib bormoqda.

“Soʻngi kunlarda koʻryapmizki, diniy shaxs sifatida chiqib, afsuski ayollarga oid turli xil bayonotlar berib, dinimizda boʻlmagan ijtihodlarni qilayotgan ayrim kishilar paydo boʻlmoqda. Bularni tushunib boʻlmaydi, yaʼni ular goʻyo bu asrda emas, boshqa bir dunyoda, boshqa bir zamonlarda yashamoqdalar. Chunki ular Islomning yangilanishi kerakligini bilmaydigan darajada ojizdirlar. Islom hukmlari yangilanib turadi. Siz Islomning 14-15 asrlarda tatbiq qilingan hukumlarini bugungi kunda tatbiq etolmaysiz. Bunday boʻlishi mumkin emas. Bugungi kunda joy, vaqt va sharoitlarning oʻzgarishi bilan Islomiy ahkomlar ham oʻzgarib bormoqda. Islomning goʻzalligi ham mana shunda”, dedi Erdogʻan.

Prezident Erdogʻanning ushbu bayonoti bir qancha aks munosabatlarga duch keldi. Shundan soʻng “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi binosida tashkil qilingan siyosiy akademiyaning ochilish marosimida soʻzga chiqqan Rajab Tayyib Erdogʻan oʻzining “Islom yangilanishi kerakligi” haqida aytgan bayonotiga izoh berdi.

“Qurʼonning hukmlari oʻzgarmaydi. Ammo Ijtihodlar va qoidalar zamon sharoitlariga qarab oʻzgarib boraveradi. Zamon oʻzgarishi bilan Islomiy hukmlarning oʻzgarishi inkor qilinmaydi. Agar biz ijtihodlarni oʻzgartirmasak, amaldagi qoidalarni toʻgʻri ravishda yangilab turmasak, oʻzimizni oʻzimiz aldagan boʻlamiz. Musulmonlar doim oʻzlarini rivojlantirib turishlari kerak. Hayotini Islomga bagʻishlagan olimlar bilan birga bu masalaning ustidan chiqishimizga ishonaman. Bu borada tegishli muassasalarimiz va hurmatli olimlarimizdan jasorat bilan harakat qilishlarini soʻrayman. Aks holda, barchamiz juda katta gunoh ostida qolishimiz aniq”, dedi Erdogʻan.

Biroq Turkiya prezidenti ayollarning Islomiy hayotdan uzoqlashib, gʻarb ayollari bilan bir xil koʻrinishga ega boʻlib borayotgani va sharʼiy liboslardan voz kechib, plyajlarda, oromgolarda deyarli yalongʻoch holda sangʻib yurishlari, shuningdek televizion kalallar orqali nimoyish etilayotgan turli xil seriallarda behayolarcha namoyon boʻlishlari qaysi ijtihodga binoan yuz berayotgani haqida toʻxtalmadi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.