Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikistonga bordi

481
0

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikistonga bordi

 Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 9 mart kuni davlat tashrifi bilan Tojikistonga joʻnab ketdi.

 Oliy darajadagi muzokarada ikki mamlakat oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar sohalardagi va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning oʻzaro tashriflarini osonlashtirish masalalari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

 Muzokara yakunlari boʻyicha prezidentlarning Qoʻshma bayonoti, Oʻzbekiston – Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari toʻgʻrisida shartnoma, Fuqarolarning oʻzaro qatnovi toʻgʻrisidagi bitim, shuningdek, turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan jami 25 dan ortiq hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.

B undan tashqari, tashrif doirasida oʻtkaziladigan biznes-forum va Oʻzbekiston milliy sanoat koʻrgazmasida tijoriy shartnomalar va iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi kooperatsiyaga oid bitimlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.