Saudiya shahzodasi: Keling, birgalikda Islomni modernizatsiya qilaylik

Saudiya shahzodasi: Keling, birgalikda Islomni modernizatsiya qilaylik

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya hukumati taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Britaniyaga keldi. Shahzoda Britaniyada qirolicha Elizabet va Bosh vazir Tereza May bilan uchrashdi.

Saudiya Arabistoniga qarashli “Ash-sharq Al-Avsat” gazetasining xabariga koʻra, shaxzodaning Londonga tashrifi Saudiya qiroli Salmon bin Abdulazizning buyrugʻiga binoan amalga oshirilmoqda. Rasmiy uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi mudofaa aloqalarini rivojlantirish masalalari kun tartibiga qoʻyilgani aytiladi xabarda.

Britaniya qirolichasi Yelizaveta II shahzoda Muhammad bin Salmonni Bukingem saroyida qabul qildi va suhbat davomida Valiahd shahzodaga saudlar va inglizlar oʻrtasidagi tarixiy aloqalar va doʻstlik rishtalarini eslatib oʻtdi.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza May esa Saudiya Arabistonida olib borilayotgan islohotlardan mamnunligini va uni qoʻllab quvvatlashini bildirdi.

“Biz Saudiya Arabistonida olib borilayotgan islohotlarni koʻrib turibmiz va uni qoʻllab quvvatlaymiz”, dedi Britaniya bosh vaziri Tereza May.

Tereza May uchrashuvdan oldin Britaniyaning Saudiya Arabistoni bilan aloqalari juda muhim va tarixiy ekanini hamda bu Buyuk Britaniyada hayotni saqlab qolganini aytgan edi.

Rasmiy tashrifidan oldin Britaniyada chiqadigan “The Telegraph” gazetasiga intervyu bergan Saudiyaning valiahd shahzodasi Saudiya-Angliya oʻrtasidagi aloqalar Saudlar qirolligi oʻrnatilgan kundan buyon davom etib kelayotganligini taʼkidladi.

“Saudiya Arabistoni bilan Buyuk Britaniya oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlari tarixiydir. Bu munosabatlar Saudiya qirolligining oʻrnatilishiga borib taqaladi”, dedi shaxzoda.

Shuningdek Valiahd shahzoda “Ingliz jurnali”ga bergan intervьyusida, “Agar siz Saudiya Arabistoni bilan mustahkam aloqalar oʻrnatsangiz, Britaniya va Saudiya xalqlari hamda boshqa mamlakatlar ham yanada xavfsizroq boʻladi”, “Biz Islomni modernizatsiya qilish uchun birgalikda ishlashimiz kerak”, deya inglizlarga murojaat qildi.

Saudlar oilasi Islomiy Xalifalik davlatini qulatish uchun Buyuk Britaniya ishga solgan asosiy elementlardan biri sifatida koʻriladi. Oʻshanda Saudlar “Shayx Muhammad bin Abdulvahhob fikrlari”ning tarqatilishini taʼminlash orqali Usmoniy xalifalik davlatiga “bidʼatchi, xurofotchi” nomini berib, Ingilizlarning Usmoniylar xalifalik davlatini qulatishiga keng yoʻl ochib bergani tarixdan maʼlum.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.