Janubiy Harakat voqesi va uning kimga tobeligi

597
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

Janubiy Harakat voqesi va uning kimga tobeligi

Savol:

Janubiy harakat (Hurrak Janubiy) hali ham Amerikaga malaymi? Yoki Janubiy Harakat kengashi inglizlarni tamsil etib kelayotgan Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan jilovlab olingani sababli inglizlar malayiga aylandimi, Amirliklarga qaram boʻlib qoldimi? Boshqacha aytganda, Amerika Janubiy Harakatni saqlab qolishda muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Britaniya uni Amirliklar orqali oʻziga ogʻdirishga erishdimi? Yoki u oʻz harakatlarida va u yerdagi barcha ishlarda hali ham Amerikaga ergashmoqdami? Adanda Birlashgan Arab Amirliklari armiyasi kuchli boʻlgani sababli Janubiy Harakatni inglizlar malayiga aylantirmagan holda unga taʼsir oʻtkazishga erishdimi?

Javob:

Amerika Ali Solim Bayz va Ali Nosir Muhammadni toʻgʻridan-toʻgʻri vositalar orqali hamda toʻqsoninchi yillar boshida, yaʼni Fahd davrida Saudiya va Misr orqali oʻz tomoniga ogʻdirib oldi. Britaniya buni bilgach, tashvishga tushib qolgan edi. Vaholanki, Britaniya oʻzining malaylari orqali bu harakatni oʻzi paydo qilib, unga “Janubiy Yaman milliy ozodlik harakati” deb nom bergan edi. Britaniya 1967 yil 20 noyabrda bu harakatni Jenevaga muzokaralar uchun chaqirdi. 1967 yil 30 noyabrda esa Britaniya harbiylari u yerdan chiqib ketgach, Janubiy Yamanga mustaqillik berdi va Ali Solim Bayz Britaniya yordamida u yerga yetakchi boʻldi. Lekin Britaniya Solim Bayzning Amerikaga oʻynayotganini koʻrib, yaxshilikni bilmagan nonkoʻr sifatida uni hokimiyatdan chetlatishga qaror qildi. Britaniyada bu ishni qilish imkoniyati bor edi. Chunki uning malayi boʻlmish Ali Solih shimolda oʻziga yarasha kuchga ega edi… Shunday qilib, Shimol va Janub birlashganiga toʻrt yil oʻtmasdanoq, 1994 yil urush avj oldi. “Janubiy” deb nom olgan harbiy birlashmalar magʻlubiyati bilan urush tugagach, Ali Solim Bayz va Ali Nosir Muhammad qochib ketdi va ular biroz unutildi.
Soʻng Sanʼodagi Solih hukumati janubdagi harbiylarga bosim qilib, ularni taʼqib qila boshladi. Bu bosim va taʼqiblar bir necha yil davom etgach, janubda ishdan boʻshatilgan harbiy faxriylar jamiyati tashkil topdi. Bu jamiyat harbiylar huquqlari poymol qilinayotgani, taʼqib etilayotgani va ular repressiyaga uchrayotganiga bogʻliq talablarga ega edi. Zulmlar davom etavergach, ushbu jamiyatdagi harbiy yetakchilarga boʻlginchilik vasvasasi sizib kirdi. Bu bilan bu jamiyat boʻlginchilarni birlashtiruvchi oʻchoqqa va boʻlginchilik yadrosiga aylandi. Keyinchalik “Janubiy Harakat” deb nomlangan harakat paydo boʻldi. Bu harakat 2007 yil oʻzini rasman Janubiy Yaman deb eʼlon qildi. Janubda bu harakatdan tashqari ahamiyati kam va faoliyati zaif harakatlar ham paydo boʻldi, lekin hozir ular haqida aytish oʻrni emas.

Amerika Yaman janubida oʻziga tayanch nuqtasini yaratish uchun janubdagi ushbu vaziyatdan foydalandi. Shimolda esa Husiylar va Eron koʻmagida boshqa tayanch nuqtasini paydo qildi. Xalqaro kurash tomonidan olib qaraganda Janubiy Harakat zulmga chek qoʻyish haqidagi talablarini oʻzgartirib, Amerika uchun yangi qurolga aylandi. Amerika Yamanning Britaniyaga malay hukumati ishlariga aralashishda shu quroldan foydalanadigan boʻlib qoldi. Buyuk davlatlar kichkina davlatlarda oʻz nufuzini paydo qilish uchun u yerdagi keskinlik va ichki vaziyatlardan foydalanishni odat tusiga kiritishgan. Masalan, Amerika toʻqsoninchi yillarda, xususan 1994 yildagi fuqarolar urushidan keyin Saudiya qiroli Fahd josuslari orqali Yaman janubidagi harbiylar bilan aloqa oʻrnatishga harakat qildi. Solim Bayz oʻsha paytda Amerikaning malayi boʻlgan boʻlsa-da, lekin u yolgʻizligi va Solih hukumatiga qarshi moddiy ishlarga qarshi chaqirigʻi tufayli Amerika u orqali muvaffaqiyatga erishmasligini bildi. Shuning uchun Amerika janubliklarni birlashtirib, kuchli siyosiy ish qiladigan va oʻz faoliyati bilan Solih hukumatiga taʼsir qila oladigan kishini izlay boshladi. Nihoyat, Amerika izlagan kishisi, yaʼni muxolifatdagi faol Hasan Baumni topdi. Chunki Hasan Baum keng miqyosda Yaman janubini ajralib chiqishiga harakat qilayotgan edi. Shuningdek u qabilalarga borib, unga yordam berishlari va boʻlinish haqidagi talabini qoʻllab-quvvatlashlari haqida aytayotgan va shu maqsadda shaharlarga birin-ketin tashrif buyurayotgan edi.
Bu ishlar janub aholisi duch kelayotgan kamsitish va ular chekayotgan qiyinchiliklar bilan bir paytda boʻlayotgan edi. Baum esa janubni Yamandan ajratib olish talabi haqidagi raʼyi omni kuchaytirish uchun tinim bilmay faoliyat qilar edi. Uning programmasi tinchlik programmasi boʻlib, har qanday zoʻravonlikka qarshi edi. Diskriminatsiya (kamsitish) muntazam siyosatga aylangan janubiy mintaqalarda Hasan Baumning boʻlginchilik harakatlari goh kuchayishi, gohida zarbaga uchrashi kuzatila boshladi… Hasan Baum Sanʼo hukumati tomonidan bir necha marta hibsga olindi, 2007, 2008 yillarda bir yildan koʻproq muddatga qamalgan boʻlsa, 2010 yil yana qamaldi. Qamoqda ikki oy oʻtirib, yaʼni 2011 yilda ozod etilganidan keyin, shu yilning oʻzida yana bir marta qamaldi. Shunday qilib, Baumning boʻlginchilik harakatlari janub harakatining katta ramziga aylandi. Chunki u harbiy yetakchilar, qabilalar va faollarni Sanʼodagi hukumatga qarshi gijgijlashda katta xizmat koʻrsatdi va boʻlinish borasidagi talabida qattiq turdi. Shuningdek, Amerika bilan doimiy aloqada boʻlib, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlab turildi. U oʻziga xos tezkor harakatlari bilan turar edi. Shunday qilib, Baum Janubiy Harakatning oliy kengashini tashkil qilib, oʻzi unga rais etib tayinlandi.

(Janubni ozod qilish tinchlik harakati oliy kengashi harakatning bosh fraktsiyasi boʻlib, unga janub mustaqilligi oliy milliy kengashi, janubiy davlat ozodligi oliy milliy kengashi, janubiy demokratik jamoati, janub talabalari va yoshlari ittifoqi hamda boshqa fraktsiyalari kiradi… Dali viloyati ushbu harakat eng faol boʻlgan mintaqa hisoblanadi… Al-Jazira net, 2011 yil 3 mart). “Adandan gapiramiz” veb-saytining 2016 yil 13 sentyabrda yozishicha, Baumni ochiqchasiga Eronning malayi deb hisoblaydiganlar ham bor. Kamsitishlarga qarshi kurashga otlangan Hasan Baum yetakchilik qilayotgan Janubiy Harakat boshidanoq Amerika yordamiga bogʻlanib qolgan siyosiy harakatdir. Amerika uning vositasida janubiy taraflarga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Hasan Baum Xazramavtning Mukalla shahridan boʻlishiga qaramay, Janubiy Harakatning markazi Dali shahri hisoblanadi. Ushbu harakatning amalga oshirayotgan barcha faoliyat va ish tashlashlari siyosiy ishlar uchun tayyorgarlik hisoblanadi. Sanʼodagi hukumat boshlanishda bu harakatda xatarni sezmadi, chunki u amalga oshirayotgan ishlar siyosiy edi. Shuning uchun hukumat Hasan Baum, Ahmad ibn Farid, Ali Gʻarib va Ali Munosir kabi koʻzga koʻringan shaxslarni qamash bilan cheklangan edi. Shuningdek, ularni qisqa fursatdan keyin ozod qilayotgan edi.

Janubiy Harakatdagi amerikaparastlar oʻzlari uchun mafkura qilib olishgan boʻlinish haqidagi fikrni puxta oʻrganishdi va oʻsha fikrga yopishib olishdi. Ammo diskriminatsion siyosat natijasida paydo boʻlgan ushbu Janubiy Harakat taʼsiriga tushgan boshqa kishilar, yaʼni mahalliy faollar hamda inglizlar va ularning Yamandagi odamlari taʼsiriga tushganlar goh boʻlinmaslik tarafida boʻlsa, goh boʻlinish tarafida boʻlishdi. Chunki boʻlinish ularda mafkuraga aylanmagan edi. Shuning uchun Sanʼodagi hukumat Amerika malaylari uning atrofida markazlashayotgan boʻlginchilik mafkurasini suyultirishda ulardan foydalandi. Hatto ayrimlarini shu maqsadga yoʻnaltirdi… Yuqorida aytib oʻtganimizdek, boshlanishda Sanʼo hukumati ulardan biror xatarni sezmadi. Lekin Sanʼodagi hukumat prezidenti Solih va uning ortidagi inglizlar bu harakatning sezilarli kuchga aylanganini bilgach hamda uning xatari kuchayib borayotgani va harakatni Amerika malaylari boshqarayotganini bilgach, bu harakatni jilovlash uchun unga jiddiy munosabatda boʻldi. Xususan, janubda diskriminatsiya tufayli tuygʻular junbushga kelib turgan bir manzarada bu harakatni ildizi bilan yoʻqotish qiyinligi koʻrinib qoldi. Inglizlar uni jilovlash rejasini tuzdi. Ushbu reja asosida bu harakatning ichiga yorib kirib, uni taʼqib qila boshladi hamda uning aʼzolarini qamash va repressiya qilishni boshladi…
Bu ishlar Birlashgan Arab Amirliklari oʻz qoʻshinlarini u yerga olib kirgunicha davom etdi. Amirliklar bunda oʻzining arab davlatlari koalitsiyasida ishtirok etayotganidan foydalandi. Solih oʻldirilgandan keyin Britaniyaning shimoldagi taʼsiri zaiflasha boshladi. Britaniya Husiylar shimolga taʼsirini yoya boshlasalar barcha narsadan quruq qolishidan qoʻrqib, janubda harbiy taʼsirga ega boʻlish haqida fikrladi. Chunki Britaniya bu orqali Yamandagi hokimiyatga kirish uchun bosim kartasini saqlab qolar edi. Agar bu ishni qila olsa janubda oʻz taʼsiriga ega boʻladi. Shuning uchun Britaniya janubda oʻz taʼsirini saqlab qolishga qattiq kirishdi. Bu yerda aytib oʻtish lozim boʻlgan yana bir muhim narsa shuki, Britaniya Hodiyni Saudiya boshqarayotgani uchun unga toʻla suyanmadi. Shunday qilib, Britaniya bu ishlarni Amirliklar orqali amalga oshirdi. Bundan tashqari Husiylar 2017 yil 4 dekabrda Solihni oʻldirganlaridan keyin, Yaman qoʻshinlari Husiylar bilan jang qilish uchun janubga Amirliklar qoʻshinlari yoniga joylashtirildi.

Yaman hukumatidagi manbaning taʼkidlashicha, Ali Solih akasining oʻgʻli Toriq Solih Adanda Amirliklar qoʻshini himoyasida turibdi. Diplomatik manbalarda kelishicha, Amirliklar Ali Solihning oʻgʻli Ahmadga qoʻyilgan jazo choralarini olib tashlashga qattiq harakat qilmoqda. Chunki u kelajakda muhim siyosiy rolь oʻynashi kutilmoqda… (Yaman Tayms sayti, 2018 yil 5 fevral). Janub oʻtish davri kengashi qoʻshini qoʻmondoni Aydarus Zubaydiy shunday bayonot berdi: (Albatta biz Sanʼoni toʻla ozod etmagunimizcha – shimolda boʻladimi yoki boshqa joydami bundan qatʼiy nazar – Toriq Solihni qoʻllab-quvvatlaymiz va uning yonida boʻlamiz… Frans 24, 2018 yil 30 yanvar). Buning maʼnosi shuki, Britaniya janubdagi oʻyinda ishtirok etmoqda. Shuningdek, Ali Solihning Yaman respublikasi posbonlari qoʻshinidagi va Bosh kongress partiyasidagi nufuzga ega qarindoshlaridan boʻlgan malaylari orqali oʻz nufuzini kuchaytirmoqchi. Boʻlinish tarafdori boʻlganlarning qoʻshini Amirliklar tomonidan qoʻllab-quvvatlanyapti. Maʼlumki, Amirliklar koalitsiyada quruqlik va havo kuchlari bilan ishtirok etayotgan boʻlsa, Saudiya faqat havo kuchlari bilan ishtirok etmoqda.

Shunday qilib, Britaniya janubda Amirliklar orqali Janubiy Harakatning ichiga kirishga yoki maydonda markaziy oʻrinni egallaydigan yangi harakatni paydo qilish orqali uning taʼsirini yoʻqotishga harakat qilyapti… Amirliklar Ali Solim Bayz qanoti ostida harakat qilyapti. Vaholanki, Britaniya Amerikaning Ali Solim Bayz va Ali Nosirni qoʻllab-quvvatlash uchun qilayotgan harakatlarini koʻrib turibdi. Eron koʻmagi, 2014 yil Qohirada Ali Nosir Muhammad yetakchiligida oʻtkazilgan Janubiy Harakat yigʻilishi kabi Misr va Livan tomonidan berilayotgan imkoniyatlar shular jumlasidandir. Masalan, Livan Ali Solim Bayzni uy joy va axborot tribunasi bilan taʼminladi, 1994 yili Ummonga borganda bunday imkoniyat yoʻq edi. 2014 yili Saudiya davlatining oliyjanobligi tutganda Riyozga bordi va katta miqdordagi boylikka koʻmildi… Amirliklar mana shularga qaramay, Bayz va Nosir qanotiga taʼsir qilish uchun harakat qila boshladi. Bu intilishning ikki sababi bor: birinchisi: Bayz repressiv yoʻlni tutayotgani, ikkinchisi: inglizlarga boʻlgan malayligiga qarshi ish tutayotgani. Chunki inglizlar uning janubdagi milliy frontni tashkil qilishi va Yaman janubidagi hokimiyatni egallashida yordam qilishgan edi. Shuning uchun ular Bayzga oʻsha paytni eslatib qoʻyishni hamda yana uni malaylikka qaytarishni xohlashmoqda va mana shu sababdan unga yaxshi muomala qila boshlashdi…
Yamanda 2015 yil Arab davlatlari koalitsiyasi amaliyotlari boshlangandan keyin Bayzni Saudiyadan Amirliklarga koʻchirishdi, hozir u Abu Dabida yashamoqda. Chunki Bayz shu paytgacha Amerikaga malay yurtlarda koʻchib yurgan edi. 2012 va 2013 yillari Livanda yashadi va unga Eron hamda uning Hizbi yordam berdi. Soʻng Saudiyaga koʻchib ketdi, shundan keyin uni Amirliklar oʻziga ogʻdirib oldi. Chunki Amirliklar arab davlatlari koalitsiyasida ishtirok etayotgan edi. Keyin yuqorida aytganimizdek uni Abu Dabiga koʻchirishdi. Hozir u katta hurmat bilan oʻsha joyda yashamoqda… Maʼlumki, Bayz oʻzgaruvchan odam, chunki Janubiy Yamanga yetakchilik qilgan davrda inglizlarga yaqin edi. Amerika uni toʻqsoninchi yillarda oʻziga ogʻdirib olgach, uning doʻstiga aylandi. Bayz shu paytgacha Amerikaga malay davlatlarda koʻchib yurgan edi. Hozir esa, u Amirliklarda yashamoqda, ular Bayzni oʻzlariga tobe qilishga harakat qilishmoqda. U yana oʻzgarib qolishi mumkin, agar shunday boʻlsa, u bilan Amirliklar oʻrtasidagi ishlar keskinlashib ketadi… Lekin nima boʻlganda ham, u oʻtish davri kengashiga yaqin va uning tarafdori. Chunki u bu kengashni olqishlagan: (Yamanning sobiq prezidenti oʻrinbosari Ali Solim Bayz “Janubiy siyosiy vujud” tashkil boʻlganini olqishlashi va qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. Undan bir kun oldin janubning uch viloyati Adan viloyati hokimi Aydarus Zubaydiyning ushbu vujudni tashkil qilishi haqidagi taklifini qoʻllab-quvvatlashgan).

“Arabiy Jadid” axborot agentligi bir nusxasini qoʻlga kiritgan bayonotda Bayz imkoni boricha ushbu taklifni qoʻllab-quvvatlashini taʼkidlagan. U janubdagi turli siyosiy kuchlar va mustaqil shaxslarni “Ushbu taklifga ijobiy yondashishga hamda yangi bosqichga befarq boʻlmaslik va qarab turmaslikka undadi”… Bayz Abyan viloyati hokimi Xazr Saidiy, Laxj viloyati hokimi Nosir Xubajiy, Dali viloyati hokimi Fazl Jaʼdiylar Adan viloyati hokimi Aydarus Zubaydiyning “Janubiy vujud”ni tashkil etish haqidagi taklifiga qoʻshilgach, mazkur bayonotni berdi… Arabiy Jadid, 2016 yil 16 sentyabr). Bu sohada Ali Nosir Muhammad ham oʻz doʻstiga oʻxshaydi, chunki u goh boʻlinish tarafdori boʻlsa, goh ayrim shartlar ostida yaxlit davlat boʻlishini qoʻllab-quvvatlaydi. 2017 yil 4 oktyabr, yaʼni Ali Solih Husiylarga qarshi hujum qilishidan oldin, Yaman yechimi haqidagi savolga javob berar ekan, shunday degan edi: (Oʻzaro kelishuv asosidagi milliy yaxlit hukumat tashkil qilish hamda ikki taraf, yaʼni “Husiylar va Hodiy hukumati”dagi urushga sabab boʻlayotgan asosiy unsurlarni oʻtish davrida har qanday rasmiy mansabdan olib tashlash lozim. Shuningdek har qanday taraf va partiyalardan qurollarni tortib olib, ularni mudofaa vazirligiga topshirish lozim. Chunki Yamanga yagona prezident, yagona hukumat, yagona mudofaa vaziri kerak, bundan tashqari kelgusi bosqichda saylovlar oʻtkazilishi kerak… Ahrom Arabiy jurnali, 2017 yil 4 oktyabr). Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, inglizlar Amirliklar orqali bu ikki shaxs va ularning qanotiga taʼsir oʻtkaza olgan. Bu ikki shaxs boʻlinish masalasini oʻzgarmas mafkura sifatida qabul qilishmagan, balki uni sharoit taqozosiga koʻra qabul qilishgan. Ammo Janubiy Harakat boʻlinish masalasini oʻzgarmas mafkura sifatida ushlagan.

Ammo Hasan Baum qanotiga kelsak, u boʻlinish masalasini siyosiy mafkura sifatida qabul qilgan… Inglizlar qanoatlantirish, yoʻldan urish yoki nazorat qilish kabi ishlar foyda bermasligini bilishdi. Shuning uchun ular Hasan Baumni norasmiy yoʻllar bilan Ummonda qamal qilib ushlab turishga harakat qilishdi. Baum u yerga neytral davlat sifatida qochgan edi va bu davlat Britaniya chizib bergan rolni bajarishini bilmas edi. Britaniya oʻzining Ummondagi malaylari orqali Baumga tazyiq oʻtkazdi va uni Salola shahrida uzoq vaqt majburiy tarzda ushlab turishdi… Janubiy Harakatdagi Amerika kishisi boʻlgan shaxsning uzoq vaqt yoʻqolib ketishi Amerikaning harakatdagi malay guruhlarini zaiflashtirdi. Shunda inglizlar Amirliklar orqali fursatdan foydalanib, Baum qanotiga parallel, janub masalasiga koʻproq eʼtibor beradigan janubiy harakatni paydo qilishga kirishishdi. Shunda ular izlayotgan kishisi, yaʼni Aydarus Zubaydiyni topishdi. U Janubiy Harakatdagi taniqli kishilardan boʻlib, 1996 yilda “Ajralib chiqish hayot yo mamot masalasi” harakatini tashkil qilgan. Zubaydiy inglizlarga yaqin kishilardan boʻlgani uchun Prezident Hodiy uni 2015 yil 7 dekabrda Adan viloyatiga hokim qilib tayinladi. Bu voqea 2015 yil, mart oyida Saudiya hujumidan bir necha oy oʻtib yuz berdi.
Bu narsa inglizlar malaylari Zubaydiyga ishonganining belgisidir. Zubaydiy Adanda katta eʼtiborga ega boʻldi. Chunki u hokim boʻlib turgan paytda elektr energiyasini qayta tikladi, qurolli guruhlarni quvib chiqdi, Husiylarga qarshi urishdi va BMT elchisi Valadishayxning qarorlariga qarshi kurashdi. Bularning barchasi Amirliklar tomonidan koʻrsatilgan bevosita va oshkora koʻmak evaziga amalga oshirildi. Zubaydiy 1994 yildagi fuqarolar urushida qatnashgani, boʻlinish borasidagi harakatning birinchi yetakchilaridan boʻlgani, 1994 yili Ali Solih rejimidan Jibutiga qochgani, Dali mintaqasidan boʻlgani, Janubiy Harakatdagi eʼtiborli shaxslardan boʻlgani, Adanda katta muvaffaqiyatga erishgani va Husiylarga qarshi kurashgani uchun janubda Hasan Baumning Janubiy Harakatdagi tarixiy yetakchiligiga bas kela oladigan siyosiy shaxs sifatida eʼtiborga tushdi… Zubaydiy harbiy jihatdan “Janub belbogʻi” kuchlariga asos solgan va Amirliklarning janubdagi odami deb hisoblanadigan Honi ibn Barikka suyanadi. (Honi ibn Barik harbiy sohada Husiylarga qarshi kurashgan shaxs sifatida, siyosiy sohada esa Amirliklar qoʻllab-quvvatlaydigan vazir sifatida koʻzga tashlangan. U Abu Dabi tomonidan tinimsiz qoʻllab turilgani uchun katta taʼsirga ega. U yana “Xavfsizlik kamari” nomli kuchlarga asos solgan boʻlib, ular Yaman janubidagi Amirliklar davlati tomonidan oshkora qoʻllab-quvvatlanadigan qurolli guruhlardir… 2017 yil, 2 noyabr, Sasa post gazetasi). Ha, Zubaydiy bilan Barik janubda katta shuhratga ega, lekin ular Hodiy hukumatida boʻlgani va ularning inglizlarga boʻlgan malayligi fosh boʻlgani uchun ular Janubiy Harakatda eʼtibor topmadi. Shuning uchun ularni Hodiy hukumatidan chetlashtirildi va xususan Zubaydiyni Hodiy lageriga qarshi kishi sifatida koʻrsatildi. Shuning uchun janubliklar yangi harakat tashkil qilish maqsadida uning atrofiga yigʻilishmoqda…

Yaman prezidenti 2017 yil 27 aprelda Adan hokimi Aydarus Zubaydiy va davlat vaziri Honi ibn Barikni ishdan boʻshatgani haqida qaror chiqardi va ularning ishini sudga oshirdi. Shunda minglagan odamlar Adan shahrida Hodiyning qaroriga qarshi namoyishga chiqishdi. Shuningdek Janubiy Harakatdagi guruhlar 2017 yil 4 mayda “Adan eʼlon qiladi” nomli namoyishda Zubaydiyni janubni boshqaradigan uyushma tashkil etishiga ishonch bildirishdi. Bundan tashqari ushbu eʼlon bandlarini amalga oshirishda kerakli choralarni koʻrishi uchun unga toʻla salohiyat berishga qaror qilishdi… Janubiy Harakat Zubaydiyga janubni boshqarishi uchun yetakchilik tashkil qilishini taklif qilganidan bir hafta oʻtib, Zubaydiy 2017 yil 11 may kuni Adan shahrida janub oʻtish davri kengashiga rais etib tayinlangani, Ibn Barik uning oʻrinbosari boʻlgani va kengash aʼzolari 26 shaxsdan iborat ekani haqida eʼlon qildi. Baum esa janubiy Yamanning sobiq bayrogʻini koʻtarib uning yonida turdi.
(Zubaydiy Janubiy Yaman davlatining oldingi bayrogʻini qoʻliga tutganicha CNN telekanaliga shunday intervьyu berdi: “Adan eʼlon qiladi” namoyishida “Janub oʻtish davri kengashi hayʼati nomli janub siyosiy bosh yetakchiligi tashkil qilindi”. U yana qoʻshimcha qilib, Honi ibn Barik kengash raisi oʻrinbosari etib saylandi va kengash 26 aʼzodan iborat dedi. Uning tushuntirishicha: “Janub oʻtish davri kengashi hayʼati shu hayʼatni tashkil qilish tadbirlarini oxiriga yetkazadi hamda janubni ichki va tashqi jihatdan idora qiladi”… 2017 yil 11 may, arab tilida efirga uzatiluvchi CNN telekanali).

Shunday qilib, Zubaydiy va Ibn Barik hamda ularning ortidagi Amirliklar va inglizlar janubda toʻla yetakchilik tashkil qilishni qoʻlga kiritishdi. Viloyat hokimlari Yaman prezidenti tomonidan tayin qilingan, boshqacha aytganda ular Yamandagi inglizlar doirasidagi kishilardir. Oʻtish davri kengashi aʼzolaridan boʻlgan boshqa yetakchilar ham Zubaydiyni qoʻllashadi. Zubaydiy bu kengashga Ali Saʼdiy va Nosir Xubajiy kabi Baum qanotidagi kishilarni vaqtincha boʻlsada qoʻshdi. Agar haqiqat ochilsa ular kengashdan chiqib ketadi yoki chiqarib yuboriladi. Masalan, Baum maydondan gʻoyib boʻlgach, Xubajiy birinchilardan boʻlib Zubaydiyni qoʻllagan edi.

Aydarus Zubaydiy yetakchiligidagi oʻtish davri kengashi Adanni toʻla egallagani… Ibn Barik yetakchiligidagi katta harbiy kuch janubning boshqa viloyatlar va hatto Maʼrabni qoʻlga kiritgani… Zubaydiy yetakchiligi borasida viloyat hokimlarining yakdil ekanliklari… sobiq janub davlatidagi Ali Solim Bayz kabi “sotsialistlar” birinchilardan boʻlib Zubaydiyni qoʻllashi… Toriq Fazliy va uning Abyanda kuchli qabilaviy maqomga ega va nomi islomiy guruh uni qoʻllashi va Amirliklar uni moliyaviy, siyosiy va harbiy jihatdan qoʻllab turishi…, bularning barchasi inglizlar Janubiy Harakat masalasini oʻzlarining malayi Zubaydiy foydasiga uzil-kesil hal qilishganini koʻrsatadi. Agar siyosiy vaziyat shu tarzda davom etsa, xususan Amirliklarning janubdagi salmogʻi baland boʻlsa, oʻtish davri kengashining hukmronligi davom etaveradi.

Ammo Amerika Britaniyadan orqada qolganini angladi va bezovta boʻla boshladi. Amerika oʻtish davri kengashi tuzilganidan bezovta boʻlayotganiga uning xalqaro elchisi Valadishayx bu kengashga qarshilik qilayotganidan bilinib turibdi. (Ishonchli manbalarda kelishicha, BMTning Yamandagi elchisi Ismoil Valadishayx Adanning sobiq hokimi Aydarus Zubaydiyga ultimatum yoʻllab, janubning ajralib chiqishi uchun oʻtish davri kengashi tashkil qilganiga qarshi ekanini aytgan).
Yaman sahnasi gazetasining ishonchli manbadan keltirishicha, Valadishayx Zubaydiyga agar u oʻzi eʼlon qilgan, lekin Yaman hukumati, Koʻrfaz hamkorlik kengashi, Husiylar jamoati va Janubiy Harakat ichidagi aksariyat kishilar qarshilik qilgan kengash borasida qaysarlik qilsa oqibati yomon boʻlishi haqida maktub yoʻllagan. Shuningdek, Zubaydiyning qaysarligiga qarshi BMT va uning xavfsizlik kengashi uni Yamandagi tinchlikka raxna soluvchilar qatoriga qoʻshishi, yettinchi boʻlim ostida chiqarilgan 2216-sonli qarorni ijro qilishi va ular bilan Husiylar va Solih kabi “isyonchilar” sifatida muomala qilinishi haqida aytgan…. Rusiyal Yavm gazetasi, 2017 yil 14 may. Koʻrinib turibdiki, Amerika ishning haqiqatini anglagach, Ummonga Hasan Baumni qoʻyib yuborishini aytdi. Ummon davlati Hasan Baumni qoʻyib yuborgach, u Amirliklar qoʻllagan oʻtish davri kengashiga qarshi harakat qila boshladi. Bundan Yaman uzra Ingliz-Amerika kurashi ketayotgani va Baumni Saudiya qoʻllayotgani ochiq koʻrinib qoldi. 2017 yil 17 avgust Adan shahrida Baum yetakchiligida inqilobiy harakat kengashining birinchi konferentsiyasi boʻlib oʻtdi. Konferentsiyada uning tarafdorlaridan yetti yuz kishi qatnashdi va Amirliklarni Yaman janubini bosib olishda ayblashdi…

Konferentsiya chiqargan bayonotda shunday iboralar kelgan: (Biz janubdagi xalqimizning gʻayrat shijoatidan foydalanishlarini, shov-shuv koʻtarishlarini, xalq ishonchini qozonish uchun uning tuygʻusiga tegishlarini va janubdagi xalqimiz irodasiga qarshi yurishlarini istamaymiz… Shuningdek inqilobiy harakat oliy kengashi raisi Hasan Baumning yetakchiligini qoʻllaymiz va uni janub ramzi sifatida eʼzozlaymiz va u bilan faxrlanamiz… Bugun janubda roʻy berayotgan ishlar Amirliklar kabi xorijiy davlatlarning kuchlari oʻrtasida avjiga chiqqan poyga tufayli boʻlmoqda. Bu davlatlar janubning boyliklarini egallab, xalqimiz taqdiri bilan oʻynashmoqda, soʻng oʻzlariga ergashgan toʻdalarga arzimas narsalarni bermoqda… Ertangi Adan gazetasi, 2017 yil 17 avgust). Boshqacha aytganda, Baum jamoasi Amirliklarga ochiq dushmanlardek munosabat bildirib, uni Yamandan chiqib ketishini talab qildi. Shuningdek Baum uyushtirgan konferentsiya Zubaydiy jamoasini “Arzimas narsaga sotilgan Amirliklar malayi” deb atadi…

Baum jamoasi 2017 yil 11 oktyabrda ikkinchi konferentsiyasini oʻtkazdi. Baumning inqilobiy harakat kengashi Adanda oʻtkazgan ikkinchi konferentsiyasi yakuniy bayonot chiqardi. Arabiy Jadid gazetasi undan bir nusxasini qoʻlga kiritgan. Unda shunday deyiladi: “Biz Arab davlatlari koalitsiyasidagi davlatlarni bizning zaminimizdan chiqib ketganlaridan keyin bevosita soʻzlashuvga chaqiramiz. Biz bu davlatlar bilan oʻrtamizdagi ijtimoiy va diniy aloqalar davom etishi tarafdorimiz”…

Baum yetakchilik qilayotgan kengash koalitsiyani “Bosqinchi davlatlar” deb atadi. Bayonotda yana shunday deyiladi: “Biz bosqinchilar bilan muomala qilishda barcha yoʻllar va barcha qonuniy vositalardan foydalanish huquqimiz bor. Shuningdek, bu ishni har qanday zamon va makonda milliy manfaatimizga muvofiq tarzda amalga oshira olamiz”. Bayonotda yana quyidagi qattiq soʻzlar kelgan “Janub masalasi va uning qonuniy timsollarisiz taklif qilinayotgan yechim va soʻzlashuvlar muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Chunki Janubiy Harakatning qonuniy timsollari tasodifan paydo boʻlgan, pulga yollangan va ajnabiy bosqinchilar yaratgan kishilar emas, balki boshlanishda ushbu harakatga yetakchilik qilgan kishilardir”…(Arabiy Jadid, 2017 yil 11 noyabr). Bayonot arab davlatlari koalitsiyasi haqida gapirayotgan boʻlsa-da, lekin u aslida Amirliklarga qaratilgan. Chunki konferentsiya Saudiya homiyligi ostida oʻtkazildi.

Xulosa shuki, Ali Solim Bayz va Ali Nosir Muhammad 1994 yilda magʻlubiyatga uchrab, Ali Solih Janubiy Yamanda qudratga kelgach hamda janub aholisi kamsitilib, armiyadagi aksariyat harbiylar repressiyaga uchragach… bu ishlar turli muxolif harakatlar paydo boʻlishiga sabab boʻldi. Ular ichida eng koʻzga koʻringanlari quyidagi uchta harakatlardir:
Ali Solim Bayz qanoti boʻlmish Janubiy Harakat: Bu shaxs oʻzgaruvchan boʻlib, goh Amerika va uning malaylari bilan boʻlsa, goh Britaniya va uning malaylarini doʻst tutadi…
Hasan Baum qanoti hisoblangan Janubiy Harakat. U Amerika, uning malaylari, xususan Erondan koʻmak oladi…
Zubaydiy qanoti hisoblangan Janubiy Harakat. U Britaniya va uning malaylari, xususan Amirliklardan koʻmak oladi…
Yuqorida aytganimizdek biz bu harakatlarning bugun Yamanda roʻy berayotgan muammolarga nisbatan tutgan eng muhim pozitsiyalari haqida soʻzladik… Afsuski, mustamlakachi kofir oʻzimizdan boʻlgan zang bosgan qurollar bilan paydo qilayotgan muammolarning hisobi yoʻq. Mustamlakachi kofir Yaman va boshqa musulmon yurtlarda mahalliy qurollar bilan kofir foydasiga qonimizni toʻkmoqda… Bu mahalliy qurollar nima qilayotganlarini bilmaslikka olishmoqda. Agar ular aqllarini ishlatganda qilgan ishlaridan yigʻlagan boʻlar edilar:
Kuch-quvvat va azizlik egasi boʻlgan Alloh Taolo musulmonning zolim kofirlarga bosh egishidan qattiq qaytarib shunday deydi:

 وَلَا تَرْكَنُوا إِلَى الَّذِينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ وَمَا لَكُمْ مِنْ دُونِ اللهِ مِنْ أَوْلِيَاءَ ثُمَّ لاَ تُنْصَرُونَ 

“Zulm yoʻlini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (ergashmanglar). Aks holda sizlarga doʻzax oʻti yetar. Sizlar uchun Allohdan oʻzga biror doʻst yoʻqdir. Keyin (yaʼni zolimlarga ergashsangiz) sizlarga yordam berilmas” [Hud 113]

Rosululloh ﷺ nohaq qon toʻkishni dunyo yoʻq boʻlib ketishidan ham katta gunoh deydi. Termiziy Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilgan hadisda Abdulloh aytadiki: Rosululloh ﷺ:

“لَزَوَالُ الدُّنْيَا أَهْوَنُ عَلَى اللهِ مِنْ قَتْلِ رَجُلٍ مُسْلِمٍ”

“Dunyoning yoʻq boʻlib ketishi Allohning nazdida bitta musulmonning oʻldirilishidan yengilroqdir”. Asokir oʻzining “Moʻʼjami”da chiqargan va uni hasan hadis degan. Shunday ekan, agar mustamlakachi kofir foydasiga musulmonning qoni toʻkilsa nima boʻladi?! Albatta bu eng ogʻir jinoyatdir.

 سَيُصِيبُ الَّذِينَ أَجْرَمُوا صَغَارٌ عِنْدَ اللَّهِ وَعَذَابٌ شَدِيدٌ بِمَا كَانُوا يَمْكُرُونَ 

“Yaqinda bunday jinoyatkorlarga qilib oʻtgan hiyla-nayranglari sababli Alloh huzurida xorlik va qattiq azob yetajakdir” [Anʼom 124]

Lekin shunday boʻlsa-da, Rosululloh ﷺ Yamanni imon va hikmat yurti deb sifatlagan. Shuning uchun u moʻmin, sodiq va xolis kishilardan xoli emas. Ular mustamlakachi kofirga bosh egayotgan kimsalarni oʻz holiga tashlab qoʻymaydi… Shuningdek ular Allohning izni bilan Yamanni roshid Xalifalikda Islom bayrogʻi soyasidagi Islom diyoriga qaytaradi. Bu Xalifalik Yamanga oʻz azizligini qaytaradi. Buxoriy Abu Hurayradan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh ﷺ shunday deydi:

“أَتَاكُمْ أَهْلُ الْيَمَنِ هُمْ أَرَقُّ أَفْئِدَةً وَأَلْيَنُ قُلُوبًا الْإِيمَانُ يَمَانٍ وَالْحِكْمَةُ يَمَانِيَةٌ”

“Sizga Yaman ahli keldi, ular muloyim va qalbi yumshoq kishilardir. Imon Yamanda va hikmat Yamandadir”.

8 jumodus-soniy 1439h

24 fevral 2018m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.