Deniyel Kouts: Rossiya Markaziy Osiyo yetakchilariga bosim oʻtkazadi

Deniyel Kouts: Rossiya Markaziy Osiyo yetakchilariga bosim oʻtkazadi

 Rossiya Markaziy Osiyo yetakchilariga bosim oʻtkazadi, bu ular Vashington bilan muloqotni kamaytirishi hamda iqtisodiyot va xavfsizlik sohasida Rossiya tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashi uchun qilinadi. Bu haqda AQSh Milliy razvedkasi direktori Deniyel Kouts mamlakat kongressiga yozma koʻrsatmalarida maʼlum qildi. U Senatning mudofaa boʻyicha qoʻmitasi rasmiy saytida joylashtirilgan hamda butun dunyo boʻylab AQSh razvedka hamjamiyati oldida turgan chaqiriqlarga bagʻishlangan.

 “Rossiya Markaziy Osiyo yetakchilariga bosim oʻtkazadi, bu ular Vashington bilan muloqotni kamaytirishi hamda iqtisodiyot va xavfsizlik sohasida Rossiya tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashi uchun qilinadi. Shu bilan birga, Afgʻonistonda IShID boʻyicha xavotirlar Moskvani mintaqadagi xavfsizlik sohasida oʻz pozitsiyalarini kuchaytirishiga turtki beradi”, – deyiladi matnda.

 “Yomon davlat boshqaruvi hamda kuchsiz iqtisodiyotlar radikallashish xavfini oshiradi, ayniqsa Markaziy Osiyoning Rossiya va boshqa davlatlarga ishlash uchun borayotgan aholisi oʻrtasida. Bu ham Markaziy Osiyo, ham Rossiya, ham Gʻarbga tahdiddir”, – deya taʼkidlanadi hujjatda.

 “Xitoy, katta ehtimol bilan, Markaziy Osiyodagi oʻz taʼsirini oshirib boradi – Rossiyaga xavfsizlik va siyosiy masalalarni qoldiradi – bu mintaqaviy beqarorlik Xitoyning iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazishi hamda ekstremistlar uchun ijobiy muhit yaratishi mumkin. Bu, Pekinning fikricha, uygʻur jangarilariga Xitoyda hujumlarni amalga oshirish imkonini beradi”, – deya qayd etadi Deniyel Kouts.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.