Oʻzbekiston va Qirgʻiziston ichki ishlar vazirliklari oʻzaro hamkorlikni boshladi

828
0

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston ichki ishlar vazirliklari oʻzaro hamkorlikni boshladi

Toshkentda 2 mart kuni Oʻzbekiston va Qirgʻiziston respublikalari Ichki ishlar vazirliklari orasida Idoralararo muvofiqlashtirish ishchi guruhining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqida Oʻzbekiston IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

 Yigʻilishda Ichki ishlar vazirliklari orasida umumjinoiy harakatlarga qarshi kurashish va qidiruv faoliyatida hamkorlik qilish masalalari koʻrib chiqildi.

 Bundan tashqari, har ikki tomon terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiya boʻyicha maʼlumot almashinuvi borasidagi faoliyatining hozirgi kundagi holati va kelgusidagi istiqboli, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish yoʻllari muhokama etildi.

 Shuningdek, ishtirokchilar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va belgilangan sohalarda tajriba almashish masalalari borasida fikrlashdilar.

 Tadbir yakuniga koʻra, 2018-2019 yil uchun Oʻzbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi va Qirgʻiziston respublikasi ichki ishlar vazirligi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Protokol, shuningdek, yigʻilish Bayonnomasi imzolandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.