Putin “Rossiya ishi” boʻyicha AQShdan rasmiy hujat talab qildi

83
0
June 5, 2017 - St Petersburg, Russia - Russian President Vladimir Putin during an interview with television host Megyn Kelly broadcast on NBC's Sunday Night with Megyn Kelly June 3, 2017 in St Petersburg, Russia. Putin denied any involvement with the U.S. elections during the interview. (Credit Image: © Alexei Druzhinin/Planet Pix via ZUMA Wire)

Putin “Rossiya ishi” boʻyicha AQShdan rasmiy hujat talab qildi

 “Sputnik” nashrining xabar qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh hukumati 2016 yilgi saylovlarga “Rossiya aralashuvi” ishi yuzasidan rasmiy hujjat taqdim etishi lozim, deya taʼkidladi. Bu haqda u NBC telekanali boshlovchisi Megan Kelli bilan suhbatda aytgan.

 “Men birinchi galda ular nima qilishganini koʻrishim kerak. Bizga materiallarni bering. Maʼlumot bering bizga”,- degan Putin.

U shuningdek, yaxshi oliy taʼlim olgan odamlar Rossiyada mamlakat qonunchiligini buzmagan shaxslar taʼqib ostiga olinmasligini tushunishlari kerakligini taʼkidlab oʻtgan.

“Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasiga rasmiy murojaat talab etiladi”,- degan Putin.

 “Bu rasmiy kanallar boʻyicha oʻtishi kerak, matbuot orqali yoki AQSh kongressidagi baqir-chaqirlar orqali ham emas”,- deya alohida qayd etgan rossiyalik yetakchi.

 Ilgariroq AQSh 13 nafar rossiyalik va uch yuridik shaxsni mamlakatda 2016 yilda boʻlib oʻtgan prezident saylovlari natijalariga taʼsir koʻrsatishga urinishda ayblagan edi. Ammo bu shaxslarning aybini isbotlovchi qandaydir dalillar taqdim etilmagan. Moskva oʻziga AQShdagi saylovlarga aralashish yuzasidan qoʻyilayotgan ayblovlarni bungacha ham koʻplab marotaba inkor qilib, ularni mutlaqo asossiz deya atab kelgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.