Pentagon: Rossiyaning Markaziy Osiyodagi nufuzi biz uchun muammo tugʻdiradi

809
0

Pentagon: Rossiyaning Markaziy Osiyodagi nufuzi biz uchun muammo tugʻdiradi

AQSh Markaziy Qoʻmondonligi raisi general Jozef Votel Rossiyaning Markaziy Osiyodagi taʼsirining davom etishi Qoʻshma Shtatlar uchun bu mintaqalarda muammolar keltirib chiqarayotganligini maʼlum qildi. Votel bu haqida AQSh Senati majlisida qurolli xizmatlar qoʻmitasiga taqdim etgan hisobotida aytib oʻtdi.

“Rossiya hali ham Markaziy Osiyo mintaqasidagi oʻz taʼsirini saqlab kelyapti. Avvalda Sovet Ittifoqi tarkibida boʻlgan davlatlar iqtisodiy masalalar va xavfsizlikni taʼminlash masalalarida qaysidir bir jihatdan Rossiyaga tayanishda davom etmoqda. Bu esa biz uchun muammolarni keltirib chiqarmoqda. Chunki Rossiyaning harakatlari bizning bu mamlakatlar bilan muloqot qilish imkoniyatlarimizni cheklab, Moskvaning nufuzini kuchaytirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratishi mumkin”, deyiladi hisobotda.

Votelning taʼkidlashicha Rossiya 2014 yildan boshlab Yevroosiyo integratsiyalashuvini kuchaytirish uchun oʻz taʼsirini tiklash maqsadida bufer zona boʻylab harakat qilmoqda.

Shuningdek, Votel markaziy qoʻmondonlik (bu qoʻmondonlik Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Afrika mintaqalarining masʼuliyatni oʻz ichiga oladi) Amerika Qoʻshma Shtatlarining manfaatlarini targʻib qilish uchun Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo, jumladan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonda harakat olib borayotganligini taʼkidladi. Uning bildirishicha, Oq uy maʼmuriyati ​​mintaqa davlatlari bilan harbiy aloqalarni rivojlantirish yoʻlida davomiy harakat olib bormoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.