Putin Rossiya uchun eng asosiy tahdidni maʼlum qildi

685
0

Putin Rossiya uchun eng asosiy tahdidni maʼlum qildi

Rossiya iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi yangi murakkab holatlarni bartaraf eta oldi, mamlakat yaxlitligi taʼminlandi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal yigʻinga qilgan murojaatida.

 “Biz bor eʼtiborimizni, bor kuchimizni bir mushtga jamlab ogʻir va samarali mehnat qilish uchun irodamizni koʻrsatishimiz shart. Bunday qilmasak bizning ham, farzandlarimizning ham, mamlakatimizning ham kelajagi boʻlmaydi. Gap kimdir kelib yerlarimizni bosib olishi haqida bormayapti. Gap mutlaqo bu haqda emas. Biz uchun eng asosiy tahdid va dushman bu – qoloqlik. Agar vaziyatni oʻzgartirmasak, qoloqligimiz yanada kuchayadi”,- dedi Putin.

Maʼlumki, Rossiya prezidenti har yili Federal yigʻinga mamlakatdagi holat hamda ichki va tashqi siyosatning asosiy yoʻnalishlari haqida murojaat yoʻllaydi. Murojaat Rossiyaning yaqin istiqbol uchun rivojlanishning strategik yoʻnalishlarini ifodalovchi dasturiy siyosiy-huquqiy hujjatdir.

Turkiston:

Putin saylov oldidan siyosiy safsata sotayotganini bilib turibmiz. Lekin u qoloqlik deganda davlat va fuqorolarining aynan qaysi tarmoqdagi muvozanatini nazarda tutyapti?

Siyosiy qoloqlik: Rossiyaning tashqi xalqaro siyosatda deyarli obroʻyi qolmadi. Ichki siyosatida ham avtoritar rejim oʻrnatib olib, davlatni oligarxlar (hukumat vakili boʻlgan va salohiyatlaridan foydalanib kapitalist boʻlib olgan shaxslar) boshqaruviga aylantirib oldi. Albatta bu Putin uchun shu holatni paydo qilishiga sharoit yaratib bergan Rossiya fuqorolarining siyosiy qoloqliklarining mahsulidir!

Iqtisodiy qoloqlik: Putin rejimi shaxsiy va umumiy mulklarning deyarli barchasini “milliylashtirish siyosati” bilan davlatning foydasiga tortib oldi. Bu mulklar rejim vakillari boʻlgan oligarxlar oʻrtalarida taqsimlanib, har biri davlat mulki hisoblangan bir necha tarmoqlarni, oʻzlari uchun “sogʻin sigir” singari daromad manbaiga aylantirib olishdi. Natijada avval yengil sanoat, keyin ogʻir sanoat vayron boʻldi. Rossiya hozirda, chet el mahsulotlari uchun ulkan bozorga aylanib qoldi. Bu ham Rossiya fuqorolarining siyosiy qoloqliklarining mahsulidir!

Bundan tashqari rus xalqining saqofiy, manaviy, insoniylik qoloqliklari ham bor. Lekin bu qoloqliklar faqat rus xalqi uchun xos emas, balki, olamiy kufr sistemasining asosi boʻlgan kapitalistik mafkurani tatbiq qilish oqibatidan kelib chiqadi.
Ha, yuqoridagi qoloqliklarga sabab boʻlgan Putinning rejimiga oʻz salohiyatini topshirish va unga mamlakatni shu holatga olib kelishi uchun imkoniyat yaratib berishning oʻzi rus xalqining qoloqligidan darak beradi. Agar rus xalqi bu qadar qoloq boʻlmaganida, Putin yuqoridagi nutqida ularni tahqirlab bunchalik pastga urishga jurʼat qila olmas edi. U uyalmay imkonsiz vaʼdalarni berib, oʻzini dunyo xaloskori sifatida namoyon qilishda davom etyapti! Vaholangki Rossiyaning qoloqlik darajasi, faqat Putin olib borayotgan sayoz saviyali siyosat oqibatidan kelib chiqqan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.