Ashraf Gʻani: Tolibonni siyosiy guruh deb tan olamiz

730
0

Ashraf Gʻani: Tolibonni siyosiy guruh deb tan olamiz

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani “Tolibon” harakatini siyosiy guruh deb tan olinishini yoqlab chiqish qildi. Bu haqida Sputnik sayti Tolo News telekanaliga iqtibosan xabar bermoqda .

Telekanal xabariga koʻra, Ashraf Gʻani Afgʻoniston hukumati toliblar va ularning oila aʼzolariga pasportlar berib, harakat yetakchilaridan sanktsiyalarni olib tashlash boʻyicha ish boshlashini maʼlum qilgan.

“Biz shuningdek, qamoqqa olingan toliblarning ozodlikka chiqarilishi ustida ishlaymiz”,- deb qoʻshimcha qilgan Afgʻoniston prezidenti.

 Ashraf Gʻani shuningdek, hukumat tinchlik jarayoniga qoʻshilgan “Tolibon” aʼzolari xavfsizligini taʼminlashini alohida taʼkidlagan. “Tinchlik muzokaralarida Tolibon fikrini inobatga olamiz”,- deya izoh bergan u.

Maʼlumki, soʻnggi oylarda Afgʻonistondagi vaziyat keskin yomonlashgan. Mamlakatning qishloq tumanlaridagi kattagina hududlarni egallab olgan “Tolibon” harakati yirik shaharlarga hujumga oʻtgan edi. Mamlakat hududida “Islom davlati” taʼsiri ham kuchaygan.

Turkiston: 

Afgʻonistonda vaziyat keskinlab boryapti. Prezident Ashraf Gʻani AQSh tomonidan sunʼiy uyushtirilishi kutilayotgan harbiy urush holati boshlanishidan avval, oʻz taʼsiri ostidagi hokimiyati uchun strotegik pozitsiya belgilab olmoqchi. U Tolibon bilan oʻzaro adovatni yoʻqotib, u bilan hamkorlik taktikasini olib bormoqchi. Negaki IShID tashkiloti deyarli  mutlaq  AQShning taʼsiri ostida harakat olib boryapti. Hatto IShID nomidan AQSh juda koʻp iflos ishlarni oʻzi amalga oshirishi ham kutilmoqda!

Shuning uchun prezident Ashraf Gʻani, (albatta AQSh maslahatchilarining taʼsiri ostida) Tolibon harakati bilan aloqasini yaxshilab, mabodo urush boshlanib qolsa, hatto ularni qurol yaroq bilan dastaklab turish vazifasini ham bajarib turishi mumkin. Bu ish-harakatlarning barchasi, albatta AQSh stsenariysi va rahbariyati ostida boryapti. Asosiy maqsadlari Tolibon bilan IShID oʻrtasida urush paydo qilish bilan, navbatdagi  musulmonlararo qirgʻinbarotlar uyushtirishdir.  AQSh va uning Afgʻon hukumati esa, nazoratchi, yoʻnaltiruvchi va har ikki tomonni zimdan urush anjomlari bilan dastaklab turuvchi vazifasini ado etishmoqchi!  

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.