Saudiya Arabistonida “Amerikacha operatsiyalar” davom etmoqda

432
0

Saudiya Arabistonida “Amerikacha operatsiyalar” davom etmoqda

Saudiya Arabistonida inglizparast amaldorlarni yoʻq qilish operatsiyalari davom etmoqda. Soʻngi kunlarda Saudiya hukumati bir nechta qoʻmondonlar va yuqori darajali masʼul xodimlarni oʻz mansabidan chetlatdi.

Saudiya Arabistonining rasmiy xabar agentligi “SPA”da chop etilgan qrol Salmon bin Abdulazizning yangi farmoniga koʻra, havo kuchlari qoʻmondoni Muhammad bin Avadsuhaym va bosh shtab boshqarmasining rahbari general Abdurahmon ibn Solih al-Bunyan nafaqaga chiqarildi. Shuningdek, quruqlik qoʻshinlari qoʻmondoni Fehd bin Turkiy bin Abdulaziz, ichki ishlar vazirining ikki oʻrinbosari Ahmad Al-Salim va Hamad bin Xalaf Al-Xalaf, Mehnat va ijtimoiy rivojlanish vazirining oʻrinbosari Ahmad al-Humaydan hamda tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Yusuf al-Sadun vazifadan chetlatildi. Javf oblastining amiri Fahd ibn Bender ham vazifasidan chetlatilganlar orasidan oʻrin oldi.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz milliy mudofaa strategiyasini rivojlantirishga muvofiq tayyorlangan mudofaa vazirligi dasturini rivojlantirish loyihasiga imzo chekdi.

Hizb ut-Tahrir tomonidan taqdim etilgan “Saudiyada nimalar boʻlyapti?! Bu jarayonda Amerikaning tutgan oʻrni qanday?!” nomli tahlilda mazkur oʻzgarishlarga jumladan shunday izoh berilgan edi: “Biz bu kampaniya va uni olib borayotganlar Amerika tomonidan qoʻllab-quvvatlayotganini koʻrib turibmiz. Misol uchun, joriy yil 6 noyabrda Amerika prezidenti Tvitterda “Saudiya qiroli bilan valiahdga nisbatan menda katta ishonch mavjud. Chunki ular nima qilayotganlarini juda aniq biladilar”, deb yozdi. Soʻz boshqa bir Tvitda bunday dedi: “Bu ikki rahbarning shafqatsiz muomalasiga uchragan oʻsha kimsalar oʻz davlatlari boyliklarini yillar davomida talon-taroj qilib kelishgan”. Saudiya axborot agentliklarida “Qirolning 2017 yil 5 noyabr yakshanba kuni – mamlakatda roʻy berayotgan siyosiy va xavfsizlik bilan bogʻliq mana shunday hodisalar manzarasida – Amerika prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashgani, ular ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik va uni rivojlantirish yoʻllarini, shuningdek, regional va xalqaro vaziyatdagi voqea-hodisalar rivojini muhokama qilishgani” toʻgʻrisida xabar tarqaldi. 2017 yil 4 noyabrda Reyter axborot agentligi tarqatgan xabarga koʻra, “Tramp Saudiya qiroli bilan Aramko neft kompaniyasini Nьyu-Yorkka kiritish haqida suhbatlashib, agar Riyoz ayni kompaniya aktsiyalarini Nьyu-York fond birjasiga kiritsa, juda mamnun boʻlishini bildirgan. Bunga javoban qirol – biz Amerika birjasidan foydalanish masalasini oʻrganib chiqamiz, degan”. Reyter AQSh tashqi ishlar vazirligi voizi Xizer Nauertning “Biz Saudiya hukumatini korruptsiyachi masʼullarni sudga tortishga targʻib qilishda davom etamiz. Umid qilamizki, buni u odil va shaffof olib boradi”, degan bayonotini xabar qildi. Bu shunga dalolat qiladiki, Amerika ayni kampaniya ortida turibdi, uni qoʻllab-quvvatlayapti hamda oʻziga yoqmagan yoki oʻziga doʻstligiga shubha paydo boʻlgan yoxud inglizlarga doʻst boʻlgan yo-da qirol va uning oʻgʻli valiahdning yurtni amerikaliklarga sotib yuborish kabi ishlariga norozi boʻlgan shaxslarga qarshi ayni kampaniyani yoʻnaltirib turibdi…”

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.