Qozogʻiston BMT tinchlikparvarlik amaliyotlariga harbiy xizmatchilarini yuborishga tayyor

1303
0

Qozogʻiston BMT tinchlikparvarlik amaliyotlariga harbiy xizmatchilarini yuborishga tayyor

 Qozogʻiston BMT tinchlikparvarlik operatsiyalaridan biriga 170 harbiy xizmatchini yoʻnaltirishga tayyor. Bu haqida “Kazakhstan Today” xabar qilmoqda.

 BMT huzuridagi Qozogʻiston missiyasidagi mudofaa vazirligi vakili Yerulan Akilbayevning maʼlum qilishicha, Qozogʻiston 170 kishidan iborat kontingentni tayyorlagan. U istalgan lahzada BMT tinchlikparvarlik operatsiyalaridan biriga joʻnashga tayyor. Uning tarkibida ayollar ham bor.

 Erulan Akilbayev BMT tinchlikparvarlik operatsiyalarida Qozogʻiston harbiy xizmatchilarining ishtirokini kengaytirish rejalari haqida maʼlum qildi.

Turkiston:

Qozogʻiston oʻz harbiylarini Suriyaga olib kirishga rozi boʻlishi orqali ulkan xalqaro tuzoqqa tushish arafasida turibdi.

 Kufr olami bu davlatning bir chimdim zaif harbiy askarlariga muhtoj boʻlib qolgani yoʻq! Ular bu mamlakatlarni nomiga boʻlsa ham olamiy kufr yetakchi davlatlarning Shomga boʻlgan harbiy qatagʻonlariga sherik ekanliklarini amalda tasdiqlatib qoʻyishmoqchi boʻlishyapti. Maqsadlari Qozogʻistonda musulmonlarning tuygʻularini junbushga keltirib, bu mintaqada “islomiy urush” harakatlari uchun qulay muhit yaratib berishdir.

 Qozogʻiston armiyasi hatto oʻz chegaralarini himoya qilish quvvatiga ham ega emas. Bu davlatda ulkan iqtisodiy muammolar mavjud. Qozogʻiston hukumatining  bu qarori oʻz mamlakati uchun ulkan xiyonat va juda katta tarixiy xato boʻlishi mumkin. Rossiyaning Suriyadagi qonli yurishlariga sherik qilib qoʻyadigan bu harbiy bitim ikki davlatni doimiy xavf-xatarlar ostida yashaydigan holatga tushirib qoʻyadi. Bu esa Putinning Markaziy Osiyo uchun tayyorlab borayotgan maqsadlariga mos keladi. Rossiya uchun bu davlatlarning harbiy koʻmaklari emas, balki ularning kufrga moyil boʻlgan rasmiy maʼnodagi ishtiroklari va nomiga boʻlsa ham ular bilan harbiy hamkorlik qilishayotgani muhim.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.