Nikolay Patrushev Abdulaziz Komilov bilan terrorizmga qarshi kurashni muhokama qildi

482
0

Nikolay Patrushev Abdulaziz Komilov bilan terrorizmga qarshi kurashni muhokama qildi

 Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Moskvada Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov bilan uchrashdi.

“Nikolay Patrushev Abdulaziz Komilov va Viktor Mahmudov bilan Rossiya-Oʻzbekiston hamkorligining dolzarb masalalari, birinchi navbatda, xavfsizlik sohasidagi masalalarni muhokama qilib, Markaziy Osiyo, jumladan, Afgʻoniston bilan bogʻliq vaziyat yuzasidan fikr almashdi”, – deyiladi xabarda.

Suhbat chogʻida tomonlar huquqni muhofaza qilish organlari va maxsus xizmatlar, shuningdek, ikki mamlakat Xavfsizlik kengashlari apparatining oʻzaro hamkorligi, jumladan, terrorizmga qarshi kurashdagi aloqalarini muhokama qilishdi.

“Suhbatdoshlar oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini saqlab qolish va ularni takomillashtirishni davom ettirish maqsadga muvofiqligini taʼkidladilar”, – deya taʼkidlab oʻtilgan matbuot xizmati xabarida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.