Xitoy hukumati Suriya urushida faol ishtirok etishni eʼlon qildi

843
0

Xitoy hukumati Suriya urushida faol ishtirok etishni eʼlon qildi

Salkam sakkiz yildan buyon AQSh, Rossiya, Eron va Asad rejimining tinimsiz hujumlari tufayri vayronaga aylangan Suriyada bundan soʻng Xitoy hukumati ham faol rol oʻynashga qaror qildi. Pekinning Damashqdagi elchisi Shi Tsanzinning maʼlum qilishicha, 2011 yildan buyon Suriyada davom etib kelayotgan urushni uzoqdan kuzatishni afzal bilgan Xitoy, bundan keyingi davrda urushda faol ishtirokini eʼlon qildi.

Elchi Xitoyning Suriya jarayoniga faol ishtirok etish vaqti kelganligini eʼlon qilar ekan, Pekinning bu harakati Suriya hukumati va xalqi uchun manfaatli boʻlishini daʼvo qildi.

“Suriyada halokatli mojarolar ortidan Xitoyning bu mamlakat kelajagi uchun yanada faol rol oʻynashining vaqti keldi. Menimcha Xitoy bunday paytda Suriya hukumati va xalqiga koʻproq yordam koʻrsatadi va har doimgidan koʻra faolroq rol oʻynaydi”, dedi elchi Xitoyning Sinьxua Axborot agentligiga bergan intervьyusida.

 “Oʻylaymanki, biz Suriyani qayta qurishda bu mamlakatning qonuniy maʼmuriyati (Asad rejimi) bilan hamkorlik qilish orqali yanada jiddiy tarzda oʻz hissamizni qoʻshamiz”, deya qoʻshimcha qildi elchi Tysanzin.

Mutaxassislarning fikricha, Suriya mojarosida xalqaro sahnada Rossiya bilan birgalikda harakat olib borgan Xitoy hukumati boshqa bir tarafdan Qoʻshma Shtatlarning eʼtiborini oʻziga jalb qilishga urinmoqda. Hozirda Xitoy uchta qudratli davlat orasida Suriyaga ochiq tarzda hech qanday qoʻshin joʻnatmagan davlat sifatida koʻriladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.