Rus diplomati: Amerikaliklar Afgʻonistonda IShID bilan kurashmayapti

Rus diplomati: Amerikaliklar Afgʻonistonda IShID bilan kurashmayapti

Rossiya Prezidentining Afgʻonistondagi maxsus vakili Zamir Kobulov Amerika Qoʻshma Shtatlari Afgʻonistonda IShIDga qarshi jang qilmayotganligini maʼlum qildi. Diplomat bu haqida payshanba kuni “Rossiya 24” televizion kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

“IShID ustidan qozonilgan gʻalabaga nisbatan aytadigan boʻlsak, shaxsan amerikaliklar Afgʻonistonda deyarli IShIDga qarshi jang qilayotgani yoʻq. Tolibonni havodan hujumga tutyapti. Chukni AQSh yerdan uyushtirgan hujumlarida muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda. Havodan hujum qilish ular uchun qulay, ammo ular Ishidga qarshi kurashmayaptilar”, dedi Kobulov.

Shuningdek Zamir Kobulov IShID Afgʻonistonga amerikaliklar va Afgʻonistondagi boshqa xorijiy kuchlarga qarshi kurashish uchun kelmaganini, balki Markaziy Osiyoga hujum qilish uchun kelganligini qayd etdi. Uning soʻzlariga koʻra, Afgʻonistondagi IShID jangarilarining koʻpchiligi Markaziy Osiyodagi mamlakatlardan yoki Rossiyadan kelgan.

Ayni paytda AQSh razvedkasi Tolibon aʼzolarini IShIDga aylantirish ustida ish olib borayotganligi haqida aytilmoqda. Soʻngi xabarlarda aytilishicha, AQSh razvedkasi Tolibon jangarilarining boshqa bir “terrorchi” tashkilotga oʻtishi” holatiga baho beradigan hisobot ustida ishlamoqda. Yangi tashkilot Tolibon singari Qobul hukumatiga va koalitsiya kuchlariga qarshi kurashadigan tashkilot boʻlishi koʻzda tutilgan.

Tolibon harakati oʻzining avvalgi rasmiy bayonotlarining birida AQSh harbiylari Afgʻonistonda IShIDni himoya qilganligini daʼvo qilgan edi. Bayonotda Tolibon harakati IShIDga hujum qilib, uni magʻlub qilishga oz qolganda AQSh kuchlari bunga toʻsiq boʻlganligi olgʻa surilgan edi.

Turkiston:

Biz avvaldan taʼkidlab kelayotganimizdek AQSh, Suriya va Iroqdagi “IShID” tashkilotining bir qismini Avgʻonistonga koʻchirib olib oʻtayotgani oʻz isbotini topib boryapti.

AQSh dunyoni oʻz taʼsiri ostida ushlab turish maqsadida, mintaqalarda kuchlar balansini paydo qiladi. Har ikkala tarafni, yaʼni bir biriga qarama qarshi tomonlarni teng dastaklab boradi. Masalan:  Yaqin Sharqda Arab mamlakatlarini qoʻrquvda ushlab turish maqsadida, “isroil” yahud vujudini har tomondan dastaklab keladi. Yahudiylarga qarshi bir vaqtlar “Hamas”jangarilaridan foydalangan boʻlsa, keyinroq Saddam rejimidan foydalandi, hozirda esa Eronni vahimali “ola boʻji” sifatida saqlab kelyapti. Shimoliy Kareyani atayin Janubiy Kareya, Yaponiya va Xitoy uchun yashirincha dastaklab kelyapti. AQSh maxsus guruhlari bir necha oʻnlagan yillar “Al Qoida” guruhi nomidan olam boʻylab qoʻporuv ishlarini olib bordi. Hozirda, uning oʻrniga “IShID” nomidan dunyo boʻylab vahimali qalbaki “islomiy jinoyatlar” uyushtirib kelyapti! Kufr sistemasi sharoit yaratib berayotgan olamiy mustamlakachilarning bu strotegik amaliyotlari dunyo siyosatchilari uchun sir emas!

AQSh Avgʻonistonda “Tolibon” jangari harakatiga qarshi “IShID” jangari tashkilotini tayorlab boryapti. Bu urush faqat musulmonlar oʻrtalarida boʻlishi bilan bir qatorda, AQSh uchun yana bir qancha mintaqaviy strotegik manfaatga ega! U Avgʻonistonda urush vahimasini paydo qilish bilan, u yerda va unga qoʻshni boʻlgan mamlakatlarda oʻzining harbiy va siyosiy taʼsirlarini kuchaytirib olmoqchi. Buning bilan Xitoyning shimoliy gʻarbiy tomonida oʻzining harbiy bazalarini va qalbaki “islomiy janarilar” guruhlarini kuchaytirib oladi.

Rossiya esa, vaziyatga deyarli taʼsir koʻrsata olmasligini bilib, bu strotegiyadan oʻz manfaati yoʻlida foydalanib olmoqchi. Stsenariy boʻyicha Rossiya “Tolibonni qurol va matbuot tomondan quvvatlab turadi. Shuningdek oʻz taʼsiri ostidagi Oʻrta Osiyo mamlakatlarida ham mumkin qadar kuchli harbiy vahimalar paydo qilib, bu yerdagi harbiy va boshqa taʼsirlarini yanada kuchaytirib olmoqchi boʻladi.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, AQSh Avgʻonistonda ham, xuddi Suriyadagi kabi Rossiya bilan hamkorlikda musulmonlararo urush paydo qilmoqchi!

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.