Jeenbekov korruptsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi

Jeenbekov korruptsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi

 Bishkekda 8 fevral kuni boʻlib oʻtgan Xavfsizlik kengashi majlisida Qirgʻiziston  prezidenti Sooronbay Jeenbekov korruptsiyaga qarshi kurash olib borishga jalb qilingan barcha idoralarni tanqid qildi.

 Jeenbekov, xuquq-tartibot, nazorat idoralari va sudlarning oʻzlari korruptsiyaga aralashib qolganligini aytdi. U bu kabi koʻrinishlarga qarshi kurashni kuchaytirishga va qoʻli toza boʻlmagan xodimlardan voz kechishga chaqirdi.

 Sooronbay Jeenbekov MXDQ Aksilkorruptsiya xizmatining faoliyatini samarasiz va sifatsiz deya baholadi. Shu munosabat bilan u ish formati oʻzgartirilishini va har bir xodim egallab turgan lavozimiga mos kelishi yoki kelmasligini oʻrganish lozimligini taʼkidladi. Prezident sud, huquq-tartibot va nazorat idoralari ustidan boʻladigan har bir jiddiy arizani oʻz nazoratiga olishini qayd qildi.

 Jeenbekovning qoʻshimcha qilishicha “uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashning samarasiz boʻlishining bosh sababi bu – korruptsiyadir”. Uning taʼkidlashicha, “Jinoiy guruhlarga pullarning oqib borishini xuquq tartibot va sud idoralaridagi yuqori lavozimli shaxslarning ishtirokisiz amalga oshirib boʻlmaydi”.

 Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi ikki yilda xuquq tartibot idoralari tomonidan 76 minga yaqin jinoiy ish ochilgan. Biroq ularning yarmi yopilgan yoki gumondor aniqlanmagani uchun toʻhtatilgan. Sudga jinoiy ishlarning atigi  30% yuborilgan, shundan atigi 10% boʻyicha ayblov hukmi eʼlon qilingan.

Turkiston:

Qirgʻizistonda korruptsiya, deyarli hukumat nazorati ostida. Bundan tashqari sud, mamlakatdagi jinoyatchilar tizimi, millatchilik va “tangrichi mushriklar” tarmogʻi, shuningdek diniy “moʻʼtadil Islom”chilar oqimi, bularning barchasi davlat nazorati ostida. Bu holatni yangi prezident Jiyanbekov ham juda yaxshi biladi.

Davlat oʻziga tobe boʻlgan yuqoridagi barcha jinoiy tarmoqlarni xavfsizlik xizmati, prokuratura, sud va organ xizmati quvvati yordamida ushlab turadi. Hozirda davlat quvvatining kafolati boʻlgan sud, prokuratura, xavfsizlik xizmati hatto kuch organlari ham Prezidentga itoat qilmaydi. Jiyanbekov aslida shu holatga rozi boʻlgani uchun bu lavozimga atayin Atambayev rejimi tomonidan saylangan. Lekin uning koʻz oʻngida boʻlayotgan jinoiy harakatlar va oʻzidagi holsizlik, uning insoniy tabiatidan kelib chiqib, jarayonlarga aralashishga majburlaydi. Yaʼni, barcha haq huquqlar va qonuniy imkoniyatlar qoʻlida boʻla turib, uning koʻz oʻngida yaqinlari, safdoshlariga nisbatan korruptsiya tizimi bilan zulum qilinaversa, shikoyatlar tushsayu, yashirin buyruq bilan eʼtibor bermay oʻtirishga majburlanaversa, bunday lavozimni kimga kerakgi bor!

Jiyanbekov yuqoridagi soʻzlarini rejimga qarata aytdi. Bu rejim korruptsiya yoʻli bilan korruptsiyaga qarshi kurashayotgan rejimdir. Bu rejim kuchlilarni himoya qilayotganini yashirish maqsadida zaif va zaifalarni jazolayotgan rejimdir! Bir ayolning telefonidan Salohiddin Ayyubiy rolini oʻynagan kinoaktyorning rasmi chiqib qolgani uchun uni jinoiy jazoga tortgan, ammo mamlakatga milliardlagan ziyon yetkazib qoʻlga tushganlarni chet elga qochirib yuborayotgan jinoiy rejimdir! Jiyanbekov shularni hammasidan xabardor! U yaqin kunlargacha, hatto hozir ham oʻsha rejimning kaltagi ostida yashab, ularga xizmat qilib kelyapti!

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.