Tojikiston Qirgʻiziston bilan chegarasini yopdi

959
0

Tojikiston Qirgʻiziston bilan chegarasini yopdi

 Tojikiston bir tomonlama tartibda tojik-qirgʻiz chegarasidan odam va yuklarni oʻtkazishni toʻxtatdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston nashri Qirgʻiziston Chegara xizmati xabariga asosan.

 “2018 yilning 8 fevral kuni Tojikiston bir tomonlama tartibda tojik-qirgʻiz chegarasining “Kulundu-avtoyoʻp” va “Kayragach-avtoyoʻl” nazorat punktlari orqali odam va yuklar oʻtkazishni toʻxtatdi”,- deyilgan xabarda.

 Shuningdek, “Kulundu-avtoyoʻl” xalqaro  nazorat punkti boʻlganligi uchun u erdan oʻtish huquqiga ega boʻlgan uchinchi mamlakat fuqarolari chegarani kesib oʻtishlari mumkin, deyilgan xabarda.

 Tojikiston va Qirgʻiziston umumiy chegarasi 970 kmni tashkil qiladi. Undan451 kilometri haligacha aniq belgilanmagan. SSSR tarqalib ketganidan keyin ikki mamlakat orasida kamida 70 hudud borasida tortishuvlar davom etmoqda.

 Oʻtgan 25 yil davomida Tojikiston va Qirgʻiziston orasida davlat chegarasi haqida shartnoma imzolangani yoʻq. Chegara chizigʻi noaniqligi tufayli, bir necha bor qurolli mojarolar ham boʻlib oʻtdi.

 Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning fevralь oyining boshida Dushanbega boʻlib oʻtgan tashrifi davomida chegara masalasi asosiy masalalardan biri boʻlgan edi.

 Xabarda aytilishicha, Tojikiston chegarachilari Batken viloyatidagi Say Laylak tumani hududida joylashgan koʻprikni ham yopib qoʻyishgan. U yerda chegarachi qoʻshnlar soni oshirilgan.

 Qirgʻiziston chegara xizmati xabariga koʻra, chegarada keskin choralar koʻllashga Qirgʻiziston fuqarolari tomonidan Sada kanali (Gulandoz) ustida qurilgan koʻprik sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.

 “Mahalliy qishloq aholisi maktab oʻquvchilari uchun koʻprik qurishgan, chunki ular maktabga borish uchun har kuni uzoq masofadan aylanib kelishga majbur boʻlishayotgan edi” – deyilgan Qirgʻiziston Chegara xizmati xabarida.

 Ayni damda ikki mamlakat chegarachilari ushbu muammoni hal qilish uchun favqulodda uchrashuv oʻtkazmoqda. Chegarada vaziyat “nisbatan barqaror”, deyilgan xabar soʻnggida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.