MRB direktori: Rossiya bilan hamkorlik qilmaslik amerikaliklarni xavf ostiga qoʻyadi

762
0

MRB direktori: Rossiya bilan hamkorlik qilmaslik amerikaliklarni xavf ostiga qoʻyadi

MRB (Markaziy razvedka boshqarmasi) direktori Mayk Pompeo agar agentlik terrorizmga (Islomga) qarshi kurashda Rossiya bilan hamkorlik qilmasa, AQSh fuqarolarining hayoti xavf ostida qolishi mumkinligini  bildirdi. Pompeo bu haqida payshanba kuni AQSh Kongressidagi Senat majlisida demokratlarning rahbari Charlz Shumerga yuborgan maktubida maʼlum qildi.

Rossiyaning “Tass” axborot agentligining xabar qilishicha, Pompeo oʻz xabarini Amerika Qoʻshma Shtatlari va Rossiyadagi razvedka xizmatlari rahbarlarining yaqinda oʻtkazilgan uchrashuvlari haqidagi Shumerning bayonotlari asosida yuborgan.

“Biz terrorizmga (Islomga) qarshi kurashda rus razvedkasi bilan ishlash imkoniyatini eʼtiborsiz qoldirgan paytimizda amerikaliklarni katta xavf ostida qoʻygan boʻlamiz”, deyiladi MRB direktorining maktubida.

Pompeo oʻz maktubida Amerika Qoʻshma Shtatlari va Rossiyadagi razvedka idoralari oʻrtasidagi aloqalar muntazam ravishda olib borilayotganligiga eʼtibor qaratdi.

Biroq AQSh Terrorizmga qarshi kurash nomi ostida Islomga qarshi kurashida Rossiyadan unumli foydalanib kelishiga qaramay, Voshington Moskvani oʻziga doʻst deb bilmaydi. AQShning BMT Xavfsizlik Kengashidagi vakili Nikki Xeyli AQShning Virjiniya shtatida Respublikachilar partiyasining qonunchilariga soʻzlagan nutqida bu haqida ochiq bayon qildi.

“Moskva bilan Vashington oʻrtasida hamkorlikning bir qancha yoʻnalishlari mavjud boʻlsa-da, biroq Rossiya Amerikaning doʻsti emas”, dedi Nikki Xeyli.

Xeylining taʼkidlashicha, Rossiya AQSh bilan doʻst boʻlishi uchun baʼzi pozitsiyalaridan voz kechishi lozim. Agar Rossiya hukumati hozirgi kabi oʻzining pozitsiyalariga qattiq yopishib olsa, Rossiya bilan AQSh oʻrtasidagi doʻstlik muvaffaqiyat qozona olmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.