Eron Rossiyaga AQShga qarshi ittifoq tuzishni taklif qildi

438
0

Eron Rossiyaga AQShga qarshi ittifoq tuzishni taklif qildi

 Eron, Rossiya va Suriya AQShga qarshi turuvchi koalitsiyaga birlashishlari mumkin boʻlardi. Bu haqda Eron oliy yetakchisi, oyatulloh Ali Hamaneiyning yordamchisi, general-mayor Yahyo Rahim Safoviy aytib oʻtdi. Bu haqda Fars axborot agentligi xabar bermoqda. Taʼkidlanishicha, Safoviy bu ittifoqqa Pokiston va Iroqni ham qoʻshishni taklif qilgan.

 Safoviyning aytishicha, Vashington siyosiy, iqtisodiy va harbiy manfaatlarga ega boʻlish maqsadida “mintaqada ixtiloflar oʻchogʻini” saqlab qolishga urinmoqda. Uning taʼkidlashicha, AQSh “30 ming kishidan iborat tashkilot” bilan kurdlarning muxtor viloyatini tashkil etishga harakat qilmoqda. Safoviy Vashingtonni xalqaro huquq meʼyorlari va davlatlarning hududiy yaxlitligini buzishda aybladi.

 Maʼlumki, Eron, Rossiya va Turkiya Suriyadagi ixtilofning tinchlik bilan hal qilinishida kafil davlatlar hisoblanadi.

 Tehron va Vashington oʻrtasidagi munosabatlar hokimiyatga Donalьd Tramp kelgandan keyin keskinlashib ketdi. Tramp Eron bilan tuzilgan yadroviy dasturni bekor qilish bilan tahdid qilib keladi. Oʻz navbatida Hamaneiy AQShni Eronning bosh dushmani deb ataydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.