AQSh: Rossiya Mьyanmaga qurol sotib, mojaroni yanada keskinlashtirmoqchi

664
0

AQSh: Rossiya Mьyanmaga qurol sotib, mojaroni yanada keskinlashtirmoqchi

 AQSh Davlat departamentining maʼlum qilishicha, Mьyanmaga rus qurol-yarogʻlarini yetkazib berish vaziyatning yanada ogʻirlashishiga olib keladi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

 Davlat departamentining rasmiy vakili Hezer Nauert shunday bayonot bilan chiqqan.

 “Garchi jahondagi aksariyat davlatlar Mьyanmadagi inqirozga tinch yoʻl bilan yechim topish harakatida boʻlsa-da, baʼzi mamlakatlar yanada koʻproq azob-uqubat va beqarorlikka olib kelishi mumkin boʻlgan qadamlar qoʻyishga tayyor turibdi. Bu Rossiya uchun insonparvarlik yordami orqali birdamlikni koʻrsatishga imkoniyat edi, biroq u qurol-yarogʻni sotish hisobidan vaziyatni yanada ogʻirlashtirmoqchi”, – deya maʼlum qildi Nauert.

 Uning eslatishicha, AQSh Mьyanma harbiylariga anchadan beri tezkor tayyorgarlikda yordam koʻrsatmayapti hamda qurol-yarogʻ, texnologiyalar yoki harbiy materiallarni yetkazib bermayapti.

 Avvalroq Bangladesh va Mьyanma rohingya musulmonlarini vataniga qaytarish boʻyicha qarorga kelgani xabar berilgandi.

 Turkiston:

Olamiy yetakchilikni talashayotgan kufr davlatlari oʻzlarini goʻyoki musulmonlarga rahmlari kelganidek qilib koʻrsatib, bir-birlarining iflos basharalarini ochib tashlashga harakat qilishsada, aslida musulmonlar yerlaridan topilayotgan ulkan yer osti boyliklari ularning soʻlaklarini oqizib keladi. AQSh Rossiyani yomonotliq qilishi musulmonlar yashab kelgan Arakanda aniqlangan yer osti boyliklariga yakka oʻzi ega chiqishdan boshqa narsa emas.

 Neft va gaz boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib boradigan xalqaro kompaniyalar orasida Mьyanmaga nisbatan qiziqish kuchaymoqda. Britaniya va Mьyanma firmalari Arakanda, yaʼni musulmonlar yashab kelgan va hozirda dahshatli qirgʻinga uchrab, badargʻa qilingan mintaqada neft va gaz boʻyicha tadqiqot ishlari uchun qoʻshma faoliyat boshladi. Britaniyaning “James Fisher and Sons” shirkati bilan Mьyanmaning “Royal Marine Technology” firmasining vakillari “Sule Shangri-La” mehmonxonasida qoʻshma korxona tashkil etish bitimiga imzo chekishdi.

“Juda tez orada xorijiy xizmatlar Mьyanmada kengaya boshlaydi. Shu sababli mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish uchun birinchi qadam sifatida shartnoma imzoladik. Angliya shirkati bu yerda oʻrnashish uchun bizning shirkatimiz bilan birgalikda ish olib bormoqda”, dedi Mьyanma firmasining bosh menejeri Myint Aun.

Mьyanma hukumati Arakanlik musulmonlarni oʻz qishloqlaridan nima uchun quvgʻin qilganligi oshkor boʻlib bormoqda. Vahshiy butparastlar uylariga ham, oʻzlariga ham oʻt qoʻyib, oʻz yerlaridan quvib chiqargan Rohingya musulmonlari yashagan mintaqadan katta miqdorda tabiiy gaz va neft topilgani aytilmoqda. Musulmonlarga nisbatan dahshatli jinoyatlar sodir etilgan va yerlari tortib olingan 18 mintaqada 3,2 milliard barrel neft zaxirasi va 90 trillion kubmetr tabiiy gaz zaxirasi topilgan. Britaniya savdo va investitsiya agentligining hisobotiga koʻra, Myanmaning tasdiqlangan zaxiralari deyarli Hindiston zahiralari bilan bir xil darajada. Hozirgacha topilgan tabiiy gaz va neft konlarini uchdan ikki qismi Rohingya musulmonlari yashab kelgan mintaqalarga toʻgʻri keladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.