Jeenbekov Oʻzbekistonga aloqador hujjatni imzoladi

781
0

Jeenbekov Oʻzbekistonga aloqador hujjatni imzoladi

 Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, Sooronbay Jeenbekov “Qirgʻiziston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida chegara hududida ishonch choralari boʻyicha 2017 yilning 6 oktyabrь kuni Toshkent shahrida imzolangan Bitim ratifikatsiyasi toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi.

 Qonun Jogorku Kenesh tomonidan 2017 yilning 21 dekabr kuni qabul qilingan. Undan koʻzlangan maqsad – Qirgʻiziston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida qirgʻiz-oʻzbek davlat chegarasi tumanida xavfsizlik va ishonchni mustahkamlash, tinchlik hamda barqarorlikni saqlash boʻyicha oʻzaro munosabatlar bilan bogʻliq masalalarni tartibga solishdir.

 Bitim mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik, terrorizm hamda giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan kurash, yangi chaqiriqlar va tahdidlarga qarshi turish, shuningdek, davlat chegarasi orqali noqonuniy migratsiya masalalari boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish imkonini beradi.

 Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan 10 kun oʻtib kuchga kiradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.