Vashington Qirgʻiziston bilan muloqotni rivojlantirishga umid qilmoqda

Vashington Qirgʻiziston bilan muloqotni rivojlantirishga umid qilmoqda

 Bishkek bilan qarashlardagi ayrim farqlarga qaramay, AQSh Qirgʻizistonning yangi prezidenti Sooronboy Jeenbekov bilan muloqotni kuchaytirishdan umidvor.

 AQSh davlat departamenti Qirgʻiziston va mamlakatning yangi prezidenti Sooronboy Jeenbekov bilan muloqotni rivojlantirishga umid bildirdi.

 “Biz tinch va uyushqoqlik bilan oʻtkazilgan prezident saylovini mamnuniyat bilan qarshi oldik”,-dedi AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha yordamchisi oʻrinbosari Eli Uells.

 Uning soʻzlariga koʻra, Vashington Jeenbekovning ikki davlat oʻrtasida shakllangan “tarixiy doʻstlik”ka suyanadi deb hisoblaydi.

 “Oʻtgan 26 yil mobaynida AQSh Qirgʻiziston muvafaqqiyati, demokratiya va iqtisodiy rivojlanish jarayoniga 2 milliard dollar sarmoya kiritdi va biz ushbu mamlakatni muvafaqqiyatli koʻrishni istaymiz”,- dedi Uells.

 Shu bilan birga Uelssning taʼkidlashicha, Vashington va Bishkek oʻrtasida bir qator masalalar boʻyicha qarashlarning farqlanishi “doʻstona aloqalar yoʻqligi” degani emas.

 “Butun mintaqa kelajagi Qirgʻizistonning kelajakdagi rivojlanishiga bogʻliq”,- deya qoʻshimcha qildi Eli Uells.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.