Ashraf Gʻani: Afgʻon armiyasi AQSh moliyaviy koʻmagisiz yarim yil ham yashay olmaydi

773
0

Ashraf Gʻani: Afgʻon armiyasi AQSh moliyaviy koʻmagisiz yarim yil ham yashay olmaydi

 Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani CBS telekanaliga bergan intervьyusida AQShning moliyaviy yordamisiz Afgʻoniston armiyasi olti oy ham yashay olmasligini maʼlum qilgan.

 “Biz AQSh koʻmagisiz va AQSh imkoniyatlarisiz armiyamizni olti oy ham qoʻllab-quvvatlay olmas edik”,- deb aytgan Gʻani.

 “Ha. Chunki bizning pulimiz yoʻq”,- degan Afgʻoniston prezidenti jurnalistning AQSh yordamisiz Afgʻoniston armiyasi chindan ham olti oy hatto yashay olmaydimi, degan savoliga javoban.

 Shu bilan birga Gʻani Afgʻonistonga oʻz janglarini olib borishlari uchun boshqalar kerakmasligi haqida taʼkidlab oʻtgan.

 Ashraf Gʻani shuningdek, mamlakatda 21ta xalqaro terroristik uyushmalarning jangarilari faoliyat olib borayotgani haqida xabar qilgan.

 Telekanal maʼlumotlariga 2017 yilda shunday davr boʻlganki, 4 oy muddatda toʻrt mingdan ortiq politsiyachilar va harbiy xizmatchilar yarador boʻlgan, 2,5 mingi halok boʻlgan.

 Bunday ahvol toki “Afgʻonistonda xavfsizlik taʼminlanmagunga qadar davom etadi”,- deb qayd etgan Ashraf Gʻani.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.