Faqat Allohning kalimasini oliy qilish uchun qilingan jang – Alloh yoʻlidagi jangdir

919
0

Faqat Allohning kalimasini oliy qilish uchun qilingan jang – Alloh yoʻlidagi jangdir

Suriya muvaqqat hukumati mudofaa vazirligi bosh shtabi Suriya Ozod armiyasi guruhlari qoʻmondonlari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Shimoliy Halab qishlogʻidagi Furot qalqoni mintaqalarida “Suriya milliy armiyasi” tuzilganini eʼlon qildi.

Ushbu qadamlar kengaytirilgan yigʻinda qabul qilingan qarorlar ijrosi sifatida tashlandi. Maʼlumki, oʻsha uchrashuv joriy yil oktyabr oyida Turkiya maxsus kuchlarining Shimoliy Halab yaqinidagi qarorgohida boʻlib oʻtgan edi. Unda turk razvedka xizmati vakillari, Turkiyaning Gaziantep va Kilis shaharlari merlari, Turkiya maxsus kuchlari qoʻmondoni, Suriya muvaqqat hukumati aʼzolari, Milliy koalitsiya raisi oʻrinbosari, Shimoliy Halab yaqinidagi Suriya Ozod armiyasi guruhlari vakillari qatnashgan.

Ey muborak Shom zaminidagi musulmonlar!

Shubhasiz, guruhlarning bitta vujudda, bitta qoʻmondonlik ostida birlashishi nafaqat sharʼan matlub ish, balki sharʼiy vojibdir. Shu shart bilanki, bu birlashuv Allohning arqonini mahkam ushlagan holda boʻlsin, musulmonlarning la ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh aqidasidan balqib chiqqan loyihaga ega xolis siyosiy rahbariyat ostida boʻlsin. Alloh Taolo aytadi:

وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللهِ جَمِيعًا وَلَا تَفَرَّقُوا…

“Barchangiz Allohning arqoniga bogʻlaningiz va boʻlinmangiz!” [Oli Imron 103]

Shom ahli guruhlarni birlashishga chaqirib bor ovozi bilan koʻp hayqirdi. Biroq bunga quloq soluvchi hech kim topilmadi… Oqibatda Halab nafaqat zoye ketdi, balki qizil chiziq deya eʼlon qilgan turk rejimining  til biriktiruvlari yordamida berib yuborildi. Natijada, yuz minglagan odam inson hayoti uchun umuman mos boʻlmagan lagerlarga haydab chiqarildi. Ular shunday azob-uqubatlarni boshdan kechirdilarki, buni Allohdan oʻzga hech kim bilmaydi…

Oʻz oʻzidan savol tugʻiladi:

Bu birlik mujohid birodarlarimizga hamda tarixdagi eng manfur jinoyatlarga yuz tutgan dindoshlarimizga nusrat-yordam berish uchun boʻldimi?! Bu birlik Damashqdagi qonxoʻr rejimni agʻdarish va qoʻzgʻolonning oʻzgarmas maqsadlarini himoya qilib, roʻyobga chiqarish uchun boʻldimi?! Bu birlik bizni qarorlarimizni oʻzimiz qabul qilishimizga olib kelib, kuchlarimizni birlashtiradimi. Shuningdek bu birlik, barchamizni anavi qonxoʻr rejimni basharalariyu arkonlari bilan qoʻshib agʻdarib tashlash sari yetaklaydigan va kuchlarimizni birlashtiradigan ongli xolis yetakchilik ostida dushmanimizga qarshi bir musht boʻlishimizga olib keladimi?! Bu birlik Robbimiz amriga va Shom ahli nolalariga javoban boʻldimi?!

Yoki biz bularning barchasidan oʻzimizni goʻyo bexabar tutib, faqat Turkiya rejimi amrini qabul qilgan holda birlashyapmizmi?! Yaʼni, turk razvedka xizmati vakillari, Turkiyaning Gaziantep va Kilis shaharlari merlari, Turkiya maxsus kuchlari qoʻmondoni, Suriya muvaqqat hukumati aʼzolari, Milliy koalitsiya raisi oʻrinbosari, Shimoliy Halab yaqinidagi Suriya Ozod armiyasi guruhlari vakillari hozirligida “Suriya milliy armiyasi”, deya nomlangan armiya tuzish uchun birlashyapmizmi?!

Bu armiya turk rejimi tomonidan moliyalashtirilsa hamda turk rejimi tomonidan qurollantirilib, oʻshalar tomonidan mashqdan oʻtkazilsa, bu armiyani nima deb atash mumkin?! Uning buyruqlari kim tomonidan beriladi? Vazifasi nimalardan iborat boʻladi?!! Hech shubha yoʻqki, uning vazifasi turk rejimi manfaatlarini amalga oshirishdan boshqa narsa boʻlmaydi. Zero, turk rejimi AQSh yetakchiligidagi kofir Gʻarb manfaatlarini amalga oshirishga harakat qilyapti. Shuning uchun bunday armiya ertaga, Amerikaga itoat qilishni istamagan, uning siyosiy yechimini rad etgan hamda unga itoat qilishdan chiqishni xohlayotgan boshqa guruhlarga qarshi jang olib boruvchi bir qurolga aylanib qoladi.

Ey Islom diyorining markazi boʻlgan Shomdagi musulmonlar!

Shuni bilinglarki, Alloh Taolo Oʻzining diniga albatta nusrat beradi, va albatta qiyinchilikdan soʻng yengillik beradi. Botil qanchalar zoʻravon boʻlmasin, ertami-kechmi haq uni albatta yoʻq qiladi. Bu Allohning sunnat-qonunidir. Allohning qonunini na oʻzgartiruvchi bor va na almashtiruvchi. Shuni unutmangki, biz Allohning shariatidan uzoq boʻlsak, nusrati kelmaydi. Ahvolimiz faqat Islom bilan tuzaladi. Qoʻlida Yeru Osmon ahli rozi boʻladigan siyosiy loyihasi bor xolis siyosiy yetakchilik qoʻlidan mahkam tutib, atrofida birlashmas ekanmiz, hargiz yechimga erisholmaymiz. Faqat mana shu bilangina Allohning nusratiga loyiq boʻlamiz.

 …وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللهِ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ 

“Oʻsha kunda moʻminlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar. (Alloh) Oʻzi xohlagan kishiga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir” [Rum 4-5]

Ahmad Abdulvahhob

Hizb ut-Tahrir-Suriya viloyati matbuot boʻlimi raisi

Skype: TahrirSyria

Elektron pochta: media@tahrir-syria.info – ahmadabdalwahab2@gmail.com

Suriya viloyati rasmiy sayti: www.tahrir-syria.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.