Bitkoin toʻgʻrisidagi sharʼiy hukm

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Hizb ut-Tahrir amiri olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan (fiqhiy)

“Wisam Al-Haninny”‎‏ va “SchukranJaan”ning savollariga javob

Bitkoin toʻgʻrisidagi sharʼiy hukm

SchukranJaanning savoli:

Bismillahir-rahmanir-rahim,

Dear honourable Shaikh.

We hope this finds you in best health.

We are greeting you with the warmest and most noble of all greetings:

Assalamualaykumwarahmatullahiwabarakatuhu.

A brother and me were talking about the hukm regarding the buying and selling of crypotcurrencies like bitcoin, ethereum, dash, ripple etc.)

We both read the ijtihad by Ustadh Abu Khaled al-Hejazi but we weren’t quite content with what the shaikh had deduced.

We have some problems with how the shaikh analyzed the reality of cryptocurrencies and the comment section under the article too is filled with brothers disagreeing and discussing about how the tahqeeq al-manaat was not completely correct.

We would like to know the hukm regarding selling and buying of cryptocurrencies.

Could you bring light into this subject, because it still doesn’t seem clear for us.

Wajazaakumullahukhairan

May allah strengthen us all on his path and let us be the reason for the re-establishment of the bearer of light in this world, the khilafah on the method of the prophethood.

Ameen

Wisam Al-Haninnyning savoli:

Assalomu alaykum. Chamasi, siz bugun bosimlar ostida boʻlganingiz bois savolga aslo javob boʻlmasa kerak, Alloh sizlarga yordam bersin.

Biroq mening savolimni kutib boʻlmaydi, deb bilaman. Chunki soʻnggi oylarda bitkoin odamlar, xususan, musulmonlar orasida sezilarli darajada tarqaldi.

Savol: bitkoin (BItCoin) bundan sakkiz yil oldin chiqqan valyuta. Hozir oʻxshashi yoʻq tarzda keng tarqab ketdi va uning bir valyutasi 8000 dollarga koʻtarildi. Men bitkoin voqesini va uning muomalada qanday boʻlayotganini kuzatib, u bilan dollar oʻrtasidagi farqni topmadim. Farqli tomoni faqat dollarning his etiluvchi moddiy narsa ekanligidir. Umid qilamanki, shayx hazratlarimiz sharʼiy hukmni quyidagi bir necha jihatlardan kelib chiqib, istinbot qilib beradilar:

Uning oldi-sotdisi bilan shugʻullanish;
Yangi bitkoinlarni ishlab chiqarish (Mining);
Bitkoin bilan boshqa his qilinadigan valyutalar oʻrtasidagi ayirboshlashning hukmi.
Istasangiz, sizni bitkoinning voqesini sharhlagan yutub va saytlar bilan taʼminlashga tayyorman. Lekin ularni topish oson, deb oʻylayman. Barokallohu bikum.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh.

Bitkoin haqidagi savollaringizga nisbatan, biz shu kabi savolga 2017 yil 28 aprelda javob bergan edik. Men sizlarga oʻsha javob matnini keltirib oʻtaman:

“Bitkoin (BItCoin)ga kelsak, u valyuta emas, unga valyuta shartlari tushmaydi. Chunki Nabiy A izn bergan pul dinor va dirham boʻlib, ularda uchta shart topilgan:

Tovar va xizmatlarga oʻlchov boʻlgan. Boshqacha ibora bilan aytganda, unda pullik illati topilgan, yaʼni u toʻlov va ish haqi boʻlgan;
Maʼlum bir hokimiyat tomonidan bosib chiqarilgan. Dinor va dirhamlar chiqaradigan nomaʼlum hokimiyat tomonidan bosib chiqarilmagan;
Odamlar oʻrtasida keng tarqalgan, maʼlum bir guruhga xos boʻlmagan.
Bu uchta shartni bitkoinga tatbiq qilib koʻrsak, unda shu uchalasi topilmasligi ayon boʻladi:

Bitkoin tovar va xizmatlarga mutlaqo oʻlchov emas, balki u tovar va muayyan xizmatlar ayirboshlanadigan bir vosita, xolos;
Bitkoin maʼlum hokimiyat tomonidan chiqarilmagan, balki nomaʼlum hokimiyat tomonidan chiqarilgan;
Bitkoin odamlar orasida keng tarqalmagan, balki uni aylantirayotgan va qiymatini belgilayotgan shaxslarga xosdir, yaʼni butun jamiyat uchun emas.
Shuning uchun bitkoin sharʼiy jihatdan pul emas.

Shunga koʻra, bitkoin juda borsa bir tovar, xolos. Lekin bu tovarning manbasi noaniq va kafolati ham yoʻq. Keyin, bitkoin firibgarlik, chayqovchilik, hiyla va aldovning eng zoʻr oʻrnidir. Demakki, uni sotib olish ham, sotish ham joiz emas. Xususan, uning manbasi nomaʼlum boʻlgani sababli, kelib chiqishi yirik kapitalistik davlatlarga, ayniqsa, Amerikaga yoki shu yirik davlatlarga aloqador boʻlgan va nopok maqsadni koʻzlagan jinoyatchi toʻdaga yoxud qimor, giyohvand moddalar savdosi, pul yuvish, uyushgan jinoyatchilik bilan shugʻullanuvchi yirik xalqaro mafiyaga bogʻliq boʻlishi mumkin, degan gumonni paydo qiladi… Aks holda, nega uning manbasi nomaʼlumligicha qolmoqda?!

Xulosa:

Bitkoin manbasi noaniq va kafolati yoʻq bir tovar boʻlib, firib va aldovga nishondir. Mustamlakachi kapitalistik davlatlar, xossatan, Amerika insonlar boyliklarini talashda shu kabi ishlardan foydalanadi. Shuning uchun har qanday nomaʼlum tovarni sotish va sotib olishdan qaytaruvchi sharʼiy dalillarga binoan uni sotib olish durust emas. Bu dalillardan baʼzilari:

Imom Muslim oʻzining “Sahih”ida Abu Hurayradan rivoyat qiladi:
“نَهَى رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم عَنْ بَيْعِ الْحَصَاةِ، وَعَنْ بَيْعِ الْغَرَرِ”

“Rosululloh A hasot va gʻarar savdosidan qaytardi”.

Bu rivoyatni, imom Termiziy ham Abu Hurayra Gdan chiqargan (rivoyat qilgan). Hasot savdosi shundan iboratki, matolar ustiga tosh otib, shu tosh qaysi mato ustiga tushsa, oʻshani senga sotdim yoki shu tosh qayerga tushsa oʻsha yerni senga sotdim, deb savdolashishdir. Yaʼni bunday savdoda sotilayotgan narsa nomaʼlum boʻlib, bundan qaytarilgan. Gʻarar savdosi maʼlum boʻlmagan, qoʻlga kiritishi noaniq boʻlgan narsani, yaʼni hali ovlanmagan suvdagi baliqni yoki chorvalar yelinidagi sutni yoki chorvalar qornidagi bolasini sotishdir. Bunday savdolarning barchasi botildir, chunki gʻarar hisoblanadi.

Bundan gʻarar yoki nomaʼlum narsaning savdosi harom ekani ayon boʻldi va bu bitkoin voqesiga tushadi. Chunki u manbasi nomaʼlum boʻlgan tovar boʻlib, biror rasmiy doira uni chiqarmagan va kafil ham boʻlmagan. Demak, uni sotish va sotib olish nojoizdir”. Iqtibos tugadi.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

                                                                                                            30 robiul-avval 1439h

                                                                                                                      18 dekabr 2017m

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.