Toshkent va Dushanbe viza rejimini bekor qilishga kelishib oldi

423
0

Toshkent va Dushanbe viza rejimini bekor qilishga kelishib oldi

 Oʻzbekiston respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning Dushanbega tashrifi davomida Oʻzbekiston va Tojikiston davlat chegaralari bilan bogʻliq koʻplab masalalar boʻyicha kelishib oldi. Xususan, viza masalasida hamda Farhod GES masalasida kelishuvga erishilgan.

 “AP” muxbiri Tojikiston hukumatidagi manbaga asoslanib xabar berishicha, yaqin vaqt ichida ikki respublika oʻrtasida “Fuqarolarning oʻzaro tashriflari” toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashi, unga koʻra, ikki mamlakat fuqarolari vizasiz ikkinchi mamlakat hududida boʻlishiga ruxsat berilishi koʻzda tutilgan.

 Manbaning soʻzlariga koʻra, tomonlar yaqin vaqtlar ichida yoʻlovchi poyezdlar va avtobuslar qatnovini yoʻlga qoʻyishni, shuningdek, oʻzaro chegara hududida yangi nazorat-oʻtkazuv punktlari ochishni rejalashtirgan.

 Tomonlar Farhod GES masalasida ham kelishuvga erishgan. Ushbu inshoot joylashgan hudud Tojikiston hududi deb tan olinadi, obʼekt esa Oʻzbekiston mulki hisoblanadi. Obʼektni tojik tomoni qoʻriqlaydi, unga texnik xizmatlar Oʻzbekiston tomonidan koʻrsatiladi.

 “10 yanvar kuni Dushanbeda oʻtkazilgan Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik hamda Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha Hukumatlararo komissiyalarining majlislari samarali va istiqbolli kechdi”,- degan manba.

 Uning soʻzlariga koʻra, majlisda ikki davlat munosabatlarini rivojlantirish yoʻnalishlari koʻrib chiqilgan.

 “Dushanbedagi majlis yakunlariga koʻra, ikki davlatning tegishli vazirliklariga Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida transport, kommunikatsiyalar, savdo, iqtisodiyot va chegaralar boʻyicha hamkorlik boʻyicha kelishuvlar loyihalarini tayyorlash boʻyicha koʻrsatmalar berilgan”,- deya qayd etgan manba.

 Barcha kelishuvlar Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil bahorida Dushanbega qiladigan davlat tashrifi chogʻida imzolanishi kutilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.