Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Xitoy hamkorlikda Yevropagacha temir yoʻl quradi

835
0

Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Xitoy hamkorlikda Yevropagacha temir yoʻl quradi

 Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Xitoy birgalikdaqurayotgan temiryoʻl yuklarni Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga yetkazib beradigan eng qisqa yoʻnalish, boʻladi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.

“Toshkentda boʻlib oʻtgan uch tomonlama uchrashuvda, delegatsiyalar rahbarlari ushbu loyihani imkon qadar tezroq amalga oshirishga qaratilgan jiddiy va amaliy qarorlar qabul qilishdi.  Apredla boʻlib oʻtadigan keyingi majlisga qadar ular yoʻllarning yakuniy yoʻnalishlarini belgilab olishlari kerak”, — dedi Qirgʻiziston elchisi Daniyar Sidikov.

Elchining soʻzlariga koʻra, oʻtgan yilning avgust oyida loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilgan, dekabr oyida esa – moliyalashtirish masalalari hal qilingan.

Yangi loyiha amalga oshirilgan taqdirda, u Xitoydan Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlarigacha boʻlgan eng qisqa yoʻlga aylanadi. Yuklarni yetkazib berish masofasi 900 kilometrga, muddati esa – 7-8 sutkaga kamayadi.

Turkiston: 

Temir yoʻl dunyoda dengiz orqalik amalga oshiriladigan yuk tashish transportirovkasidan keyingi oʻrinni egallab turgan strotkgik ahamiyatga ega va tannarxi arzon yoʻnalish hisoblanadi. SSSRdan meros boʻlib qolgan temir yoʻl Oʻrta Osiyo orqali faqat Rossiyaga boradi. Mustaqil hamdoʻstlik davlatlari boʻylab oʻtadigan temir yoʻl, faqat Rossiyaning manfaatlari uchun oʻta qulay va YeIga oʻtish mumkin boʻlgan yagona yoʻl boʻlib turibdi. Rossiya bu strotegik ahamiyatga ega tranzit yoʻnalishdan oʻzining strotegik manfaati yoʻlida, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonga nisbatan koʻproq foydalanib keladi.

Xitoyga qarata ochilishi kutilayotgan yangi temir yoʻl loihasi Xitoyning Oʻrta Osiyoga nisbatan taʼsirini yanada kuchaytiradi. Iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga sharoitlar yaratib beradi. Gaz va neft quvirlarining Turkmaniston, Oʻzbekiston va Qozogʻiston orqali Xitoyga yotqizilishi hamda Turkman va Oʻzbek gazlarining salmoqli qismining Xitoyga oʻtib borayotgani ham Rossiya manfaatlarining bu yurtlarda zaiflashib borayotganini koʻrsatib turibdi. Lekin “buyuk ipak yoʻli” loihasi singari baʼzi harakatlar, Gʻarb sistemasi tomonidan yoki bir biriga qarshi manfaat talashayotib, Rossiya tomonidan toʻxtatib qoʻyiladi.

Aslida bu loihalarning deyarli barchasida Oʻrta Osiyo mamlakatlarining manfaatlari bor. Lekin bizning bu manfaatlarimizga olamiy kufr sistemasi teskari pozitsiyadan turib qaraydi. Yaʼni mustamlakachi koʻzi bilan qaraydi. Iqtisodiy, siyosiy va boshqa erkinliklarimizni toʻsish kerak, degan bosqinchi koʻzqarash bilan koʻrib chiqadi. Ular baʼzida biror sohada oʻz mustamlakasini eplay olmay qolgan taqdirda ham, olamiy taʼsir kuchiga ega boʻlgan boshqa mustamlakachi davlat loihalariga biz mustamlaka davlatni topshirishlari mumkin. Lekin hech qachon oʻz manfaatimizni oʻz imkoniyatimiz va ixtiyorimiz bilan erkin hal qilib olishimizga ruxsat berishmaydi. Chunki har qanday mamlakat oʻzining iqtisodiy manfaatini oʻzi roʻyobga chiqarishi uchun avvalo u oʻzining ogʻir sanoatiga ega boʻlishi kerak. Oʻzining ogʻir sanoatiga ega boʻlgan har qanday davlat, iqtisodiy mustamlakadan qutila oladi.

Demak, Oʻzbekiston ilgari surayotgan temir yoʻl loihasi, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonga iqtisodiy manfaat uchun kerak boʻlsa, Xitoy uchun bunga qoʻshimcha tarzda strotegik va siyosiy manfaatlar uchun ham kerakli loiha boʻlishi mumkin. Rossiya uchun esa aksincha, u oʻz mustamlakalarini eplay olmayotgani sababli boshqa mustamlakachi davlat goʻyo uning oʻljasiga tajovuz qilayotgandek holat boʻlyapti. Shuning uchun Rossiya tomonidan toʻsiqlar qoʻyilishi va bu toʻsiqlar eng qulay sharoitga ega boʻlgan Qirgʻizistonda qoʻyilishi kutilyapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.