Nazarbayev AQSh safar qiladi

Nazarbayev AQSh safar qiladi

 AQSh prezidenti Donalьd Tramp 16 yanvar kuni Oq uyda Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarbayev bilan uchrashadi, deya xabar berdi Oq uy.

 9 yanvar kuni eʼlon qilingan Oq uy xabarida, ikki mamlakat yetakchilari “mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha strategik sheriklikni mustahkamlash va kengaytirish yoʻllarini muhokama qilishi” taʼkidlanadi.

 Qozogʻistonning BMTdagi elchisi Qayrat Umarov 1 yanvar kuni har oyda oʻzgarib turadigan rotatsiya asosida BMT Xavfsizlik Kengashidagi raislikni qabul qilib oldi, uning raisligida Erondagi koʻcha namoyishlari va boshqa masalalar muhokama qilindi. Oq uy bergan bayonotga koʻra, Tramp va Nazarbayev oʻrtasidagi suhbatda xalqaro masalalar, jumladan Afgʻonistondagi vaziyat muhokama qilinadi. Mazkur masala oy oxiriga qadar BMT Xavfsizlik Kengashida muhokama qilinishi kutilmoqda.

 Bundan avval, 9 yanvar kuni Nazarbayev Ostonada AQShning Qozogʻistondagi  elchisi Jorj  Krol bilan uchrashgan edi. Qozogʻiston prezidenti maʼmuriyati bayonot berib, soʻngi 26 yilda ikki mamlakat oʻrtasida  qaror topgan “doʻstona hamkorlik munosabatlarini” rivojlantirishga intilayotganini bildirdi. Maʼmuriyat bayonotida taʼkidlanishicha, Nazarbayev Krol bilan suhbatda terrorizmga qarshi kurashda bundan keyin ham Vashington bilan hamkorlikka, yadro qurollarini tarqatmaslik rejimini mustahkamlash hamda savdo va saromoyalarni kengaytirishga  umid bildirgan.

 “Qozogʻistonda Amerika ishtirokida 500ga yaqin  kompaniya faoliyat yuritadi, shundan 140 dan koʻprogʻini qoʻshma korxonalar tashkil qiladi. Ular tovar ishlab chiqarish va oʻz mahsulotlarni boshqa mamlakatlarga eksport qilish bilan shugʻullanadi”,- degan edi Nazarbayev.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.