Moskva Vashingtonni Rossiya prezidentligi sayloviga aralashishdan ogohlantirdi!

Moskva Vashingtonni Rossiya prezidentligi sayloviga aralashishdan ogohlantirdi!

Rossiya tashqi ishlar vazirligi Vashingtonni mart oyida rejalashtirilgan Rossiyaning prezidentlik sayloviga har qanday tarzda munofiqona aralashishdan ogohlantirdi. Bu haqida Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasiga oid saytda eʼlon qilindi. Eʼlonda aytilishicha, AQShning Rossiyaga qaratilgan ayblovlari siyosiy xarakterga egadir.

 “Rossiya oʻtkazilishi kutilayotgan prezidentlik sayloviga aralashish maqsadida AQSh rasmiylari tomonidan Moskvaga qaratilgan ayblovlar yolgʻon va siyosiy ayblovlardir. AQShning Rossiya saylovlariga shubha bilan qarashining ham hech qanday qiymati yoʻq”, deyiladi saytda eʼlon qilingan bayonotda.

Shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Vashingtonning “Rossiya fuqaroligiga ega boʻlgan har qanday shaxsga saylovda oʻz nomzodini qoʻyish uchun imkoniyat berish” talabini Rossiyaning ichki ishlariga aralashish deb eʼtibor qilishini maʼlum qildi.

“Umid qilamizki, AQSh hukumati oʻz hududida yashovchi Rossiya fuqarolarining ovoz berishiga toʻsqinlik qilmaydi va ularning saylash huquqini poymol qilmaydi”, deya qoʻshimcha qildi vazirlik.

Shuni taʼkidlash lozimki, Rossiya saylov komissiyasi muxolifatchi Aleksey Navalniy nomzodini rad etganligi uchun Voshington Moskvani inson huquqlari poymol qilish va erkinliklarini cheklashda ayblagan edi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.