Eron parlamenti aksilhukumat namoyishlarni yopiq eshiklar ortida muhokama qildi

Eron parlamenti aksilhukumat namoyishlarni yopiq eshiklar ortida muhokama qildi

 Eron  parlamenti 7 yanvarь kuni yopiq eshiklar ortida maxsus sessiya oʻtkazib, aksilhukumat namoyishlarini muhokama qildi. Islohotchilar fraktsiyasi tomonidan chaqirilgan yopiq majlisda tartibsizliklarning sabablari koʻrib chiqildi.

 ISNA axborot agentligining maʼlum qilishicha, sessiyada ichki ishlar vaziri, Eron razvedka boshqarmasi rahbari va Xavfsizlik kengashi boshligʻi ishtirok etishi shart edi.

 Kun tartibiga, islohatchi deputatlarning iltimosiga koʻra, namoyishlarni bostirish natijasida qamoqqa tashlangan shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatish masalasi ham kiritildi.

 Rasmiylar besh kundan beri hukumatparastlarning mitingini oʻtkazmoqda, bu namoyishlar 2018 yilning 7 yanvar kuni davlatga tegishli OAV tomonidan keng yoritildi.

 Davlat OAV aksilhukumat namoyishlarini yoritishni toʻxtatgan, Islom Inqilobi qoʻriqchilari korpusi esa ruhoniylar rejimiga qarshi namoyishlar tugagani borasida bayonot berishiga qaramay, 6 yanvar kuni Eronning kamida 9 ta shahrida, jumladan Tehronda norozilik namoyishlari boʻlib oʻtgani haqida maʼlumotlar tarqatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda politsiya xodimlari ishtirok etgan boʻlishiga qaramay oʻtkazilgan yigʻilishlar namoyish etildi.

 “Radio Farda”  Erondagi oʻz manbalaridan Takestan, Arak, Masjidi Sulaymon, Mashhad, Kazvin, Rasht, Laxijan va Eron Islom Respublikasining asoschisi boʻlmish ayatollo Ruxollo Homeynining yurti boʻlmish  Homeynda ruhoniylar hukumatiga qarshi tungi namoyishlar oʻtgani haqida ishonchli manbalar xabar berganini maʼlum qildi.

 Eronda yuz bergan bir haftalik norozilik namoyishlari vaqtida 22 kishi halok boʻldi va 1700 dan ortiq kishi hibsga olindi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.