Eron AQShni fitnaga undashda aybladi

Eron AQShni fitnaga undashda aybladi

 Eronning BMTdagi doimiy vakili Gʻulom Ali Xushrav BMTga rasmiy shikoyat yuborib, AQShni Eron ishlariga aralashish va zoʻravonlikka undashda aybladi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar bermoqda.

 “AQSh hukumati xalqaro huquq, davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solishning barcha printsiplarini buzishda davom etmoqda. Donalьd Tramp rahbarligidagi Amerika maʼmuriyati soʻnggi kunlarda Eronning ichki ishlariga uyalmasdan aralashdi, bu zoʻravonlik hamda vandalizmga olib kelgan norozilik namoyishlarini qoʻllab-quvvatlashda oʻz aksini topdi”,- deyiladi matnda.

 Eronlik diplomatning soʻzlariga koʻra, AQSh prezidenti va uning yordamchisi kulgiga sabab boʻluvchi tvitlar orqali eronliklarni qoʻporuvchilik va fitna harakatlariga undagan.

 “Eron Islom Respublikasi hukumati barcha mamlakatlardan bu xavfli siyosatning qoralanishini kutmoqda hamda Qoʻshma Shtatlardan BMT va xalqaro huquq printsiplari asosida masʼuliyat bilan harakat qilishni talab etadi”, – deya taʼkidlanadi xabarda.

 Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning maʼlum qilishicha, namoyishlar davlatdagi ichki muammolar tufayli, shuningdek boshqa mamlakatlar fitnasi bilan oʻtkazilmoqda. OAV maʼlumotlariga koʻra, norozilik namoyishlari vaqtida kamida 20 kishi halok boʻldi. Tehronda soʻnggi uch kun ichida taxminan 450 kishi qoʻlga olindi.

 3 yanvar kuni Eron Inqilob soqchilari korpusi rahbari Muhammad Ali Jaʼfariy mamlakatni keyingi hafta davomida qamrab olgan norozilik namoyishlari yakunlangani haqida maʼlum qildi.

 AQSh prezidenti Donalьd Tramp esa Vashington Erondagi norozilik namoyishlari qatnashchilariga “kerakli vaqtda” qoʻllab-quvvatlov taqdim etishini aytdi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.