AQSh Afgʻoniston boʻyicha yangi rejasini maʼlum qildi

802
0

AQSh Afgʻoniston boʻyicha yangi rejasini maʼlum qildi

 AQSh 2018 yilda Afgʻonistonda “Tolibon” harakatiga qarshi amaliyotlar, afgʻon harbiylarini oʻqitish va mamlakatdagi harbiy harakatlar yoʻnalishini koalitsiya tomonga oʻzgartirishga katta eʼtibor qaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Assoshieyted Press” agentligi AQSh Markaziy qoʻmondonligi qoʻmondoni general Jozef Votelga tayangan holda xabar bermoqda.

 Agentlikning taʼkidlashicha, AQSh hujum shaklidagi amaliyotlarga eʼtibor qaratmoqchi.

 “Biz saʼy-harakatlarni yanada kuchaytirishga urinamiz, bu jangovar harakatlarning keyingi davri uchun vaqt kelganida, tashabbusni tezda qoʻlga olish uchun kerak”, – deya maʼlum qilgan Votel.

 Generalning soʻzlariga koʻra, Afgʻoniston qurolli kuchlariga “bosimni doimiy ravishda oshirib borish lozim”. Bunga AQShdan mamlakatga yangi harbiy yoʻriqchilarning kelishi ham yordam berishi mumkin, ular afgʻon qurolli kuchlari boʻlinmalari bilan birgalikda harakat qiladi va front chizigʻiga yaqin joyda boʻladi,- deya taʼkidlab oʻtdi Jozef Votel.

 Votelning maʼlum qilishicha, koalitsiya Afgʻoniston harbiy-havo kuchlarini kuchaytirgach va xavfsizlik kuchlari vakillarini oʻqitib boʻlgach, afgʻonistonliklar yaxshiroq jang qila boshlaydi.

 “Bu paytga kelib, ular keyingi jangga kirishganlarida, ancha kuchli hujum salohiyatini koʻrsatishlari mumkin boʻladi”, – dedi general.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.