Tramp: Pokistonga milliardlab dollar berib ahmoqlik qildik!

771
0

Tramp: Pokistonga milliardlab dollar berib ahmoqlik qildik!

AQSh prezidenti Donald Tramp Pokistonni “terrorist”larni xavfsiz joy bilan taʼminlaganlikda aybladi. Tramp Vashingtonning Islomobodga yordam sifatida milliardlab dollar berib ahmoqlik qilganini taʼkidlar ekan, AQSh Afgʻonistonda siquvga olgan “terrorist”larga Pokiston hukumati oʻz hududidan panoh berganligini daʼvo qildi.

“Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻtgan 15 yildan ortiq muddat ichida Pokistonga yordam uchun 33 milliard dollar berib ahmoqlik qildi. Amerikaning yetakchilari aqlsizlarcha bu ishga qoʻl urishdi. Biz bu pullarni Islomobodga faqat yolgʻon va aldovlari uchun berdik, boshqa narsa uchun emas. Ular bizni axmoq deb oʻylashmoqda”, deya tivitladi prezident Tramp dushanba kuni oʻzining Tvitterdagi shaxsiy sahifasi orqali.

 “Chunki Afgʻonistonda bizga qarshi jang qilayotgan terroristlarni ular xavfsiz joylar bilan taʼminladilar. Ammo ularning yordami juda zayifdir”, – deya qoʻshimcha qildi Tramp.

Bundan avval ham Tramp terrorchilarni yashirishda Pokistonning roli borligini aytib, “agar terrorchilarga panoh berishni davom ettiraversa katta ziyon koʻradi. Bu vaziyatni darhol oʻzgartirish zarur”, deya ogohlantirgan edi.

Turkiston:

Pokiston hukumati AQShga malaylikni qoyilmaqom qilib bajarib kelgan davlatlardan biridir. U Amerikaning ishorasisiz bir qadam ham yurmaydi ham, Amerikalik xoʻjayinlariga xizmat qilishda hech qanday kuchni ayamaydi ham.

Pokiston qurol-aslahalarining asosiy qismini Amerika qurollari tashkil qiladi. Ehtiyot qismlar ham, oʻq-dorilar ham Amerikaniki. Harbiy mashqlar ham amerikacha tarzda oʻtkaziladi, ikki taraf oʻrtasidagi shartnomalar ham Amerikaning xohshiga qarab tuziladi, harbiy bazalar ham Amerikaniki, va hokazo. Pokiston rejimi oʻzining qudratli armiyasidan faqat Amerikaning manfaatlarini aoʻyobga chiqarish uchungina foydalanadi. Masalan 1989 yil Korgʻol tepaligida Pokiston armiyasi Kashmirni ozod qilishga bir bahya qolganda va Pokiston armiyasi Dehli shahriga yaqinlashib qolgan vaqtda Pokiston AQShning buyrugʻi bilan oʻz armiyasini ortga qaytarib, kashmirlik musulmonlarni yordamsiz tashlab qoʻydi. Bundan tashqari AQShning Blek Voter kabi buzgʻunchi josus toʻdalari Pokistonda bemalol yurishiga izn berilgan. Hatto taʼlim tarbiya sohalarida ham AQShning buyrugʻi bilan dinsiz nazoratchilar qoʻyilgan.

Biroq Pokiston shunchalik jon kuydirib AQShga xizmat qilib kelishiga qaramay Voshington undan norozi ekanligi maʼlum qilmoqda.

وَلَنْ تَرْضَى عَنْكَ الْيَهُودُ وَلَا النَّصَارَى حَتَّى تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ

-“Yahudiy va nasroniylar ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizdan rozi boʻlmaydilar”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.