Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasida erkin tranzit rejimini kafolatlovchi hujjat kuchga kirdi

799
0

Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasida erkin tranzit rejimini kafolatlovchi hujjat kuchga kirdi

 “Sputnik” nashrining xabar qilishicha, 2017-yilning 30-dekabr kuni Oʻzbekiston respublikasi hukumati bilan Qirgʻiziston respublikasi hukumati oʻrtasida 1996-yil 4-sentyabrdagi xalqaro avtomobil qatnovlari toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnoma kuchga kirdi.

 Mazkur hujjat 2017-yil 6-oktyabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.

 Bayonnoma hukumatlararo bitimni qoʻllash koʻlamini kengaytirish orqali transport kommunikatsiyalari sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida qabul qilingan.

 Hujjatga koʻra, tomonlar oʻz davlatlari hududida erkin tranzit rejimini bir-biriga taqdim etadilar va kafolatlaydilar, shuningdek, “Toshkent — Andijon — Oʻsh — Irkeshtam — Qashgʻar” avtomobil yoʻnalishi boʻylab tashish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadilar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.