Eronda beqarorlik davom etmoqda

14
0

Eronda beqarorlik davom etmoqda

Eron xalqi oʻz hukumatining siyosatidan norozi boʻlib koʻchalarga chiqdi. Poytaxt Tehronda va boshqa shaharlarda namoyishlar kundan kunga kuchayib boryapti. Davlat nashrlari 1200dan ortiq aholi punktlarida norozilik aktsiyalari qayd etilganligini maʼlum qildi. Suriya masalasiga aralashishni bas qilishni talab qilib chiqayotgan namoyishchilar tinmay “Ruhoniyga oʻlim” va “Diktatorga oʻlim”, deya hayqirishmoqda.

Rasmiy xabarlarga koʻra, bugungacha 12 kishi halok boʻlgan. Tehron universiteti ichidagi namoyishchilar davlatning ichki va tashqi siyosatini tanqid qilgan shiorlarni aytib chiqishyapti. Bunga javoban hukumat kuchlari ham qattiq xavfsizlik chora-tadbirlarini koʻrmoqda.

“Reyters” axborot agentligining xabarida aytilishicha, Tehron politsiyasi Firdavsiy maydonidagi namoyishchilarni tarqatish uchun suv purkagich mashinalarni ishga solgan. Mamlakatning shimoli-gʻarbida joylashgan Zanjan viloyatida namoyishchilar va politsiya oʻrtasida toʻqnashuvlar chiqganligi aytilmoqda.

Xavfsizlik masalalari boʻyicha Tehron shahar hokimining oʻrinbosari Ali asgʻar Nosir Baxt namoyishlarda ishtirok etgan 200ga yaqin kishi hibsga olinganligini va ulardan 40 nafari qoʻzgʻolon yetakchisi ekanligini bildirdi.

Tehron hokimi Muhammad Husayn oʻzining matbuot bayonotida poytaxtda har qanday miting oʻtkazish noqonuniyligini bildirib, aholini ogohlantirdi. Mahalliy manbalarga koʻra, xavfsizlik kuchlari asosiy maydonlarda qattiq nazorat oʻrnatgan. Poytaxtda va mamlakatning katta shaharlarida esa vaziyat juda keskinligicha qolmoqda.

Turkiston: 

“Eron Islom respublikasi”, yaʼni bu Eron Islom xalq boshqaruvi degan manʼnoni ifodalaydi. Bu esa kufrni Islom bilan aralashtirib yuborish va Islomni kufr boshqaruvi uchun niqob hamda sunʼiy eʼtiqodiy rahnamolik qilib olishni anglatib, bu mamlakat sharʼan (dorul kufr) kufr davlati deb eʼtibor qilinadi!

Shu kunlarda boshlanib qolgan Eron xalq qoʻzgʻalonlari, aslida bir necha oʻn yillardan beri yetilib kelayotgan ilmoniy dunyoqarashdagi muxolifot vakillarining navbatdagi harakatidir. Eronda Islom bilan ilmoniylik qorishshtirib yuborildi. Natijada tashqi qiyofasi islomiy, asli kufr asosidagi tushunarsiz bir davlat paydo boʻldi. Tabiiyki bu davlat iqtisodi ham biror aqidadan kelib chiqqan tiniq qonunlarga asoslana olmadi. Chunki olamiy kufr sistemasi bilan hamkor boʻlib yashashga majburligi sababli hamda xalqaro siyosiy tashkilotlarga aʼzo sifatida Eron xalqaro qonunlarga boʻyin egib yashashga majbur. Bu esa uni siyosatda ham iqtisodda ham Islomni asos qila olmasligini anglatadi. Demak Eron Islom respublikasi cheklangan hududdagina Islom dinidan foydalanadi. Islomiy koʻrinishlar, bidʼat hurofotlar va kufr yetakchiligiga qalbaki islomiy fatvolar berish bilan oʻz xalqini aldab keladi. Natijada mamlakat siyosiy va iqtisodiy nochor ahvolga tusha boshladi.

Eronning iqtisodiy nochor ahvoli aslida olamiy kufr sistemasi bilan hamkorlikda harakatlanib borayotganidan kelib chiqayotganiga qaramay, xalqining norozilik harakatlari aynan islomiy rahnamolikka qaratilyapti. Negaki Eronni haqiqiy yetakchisi, diniy rahnamosi Homeniy hisoblanib, u “mamlakatni Islom tamoillari bilan boshqaryapman” deb daʼvo qilib keladi. Ilmoniy olamiy sistemasi, diniy yetakchilikning shu davosidan foydalanib, “Eronning barcha xato va nochorliklari aynan dinga asoslanganidan kelib chiqmoqda” degan tushunchani ilgari surib keladi.

Eronda inqilobiy harakatlar kutilayotgani yoʻq! Chunki u mamlakatda inqilobiy fikriy muhitning oʻzi mavjud emas. Eronda davlat boshqaruv strukturasini oʻzgartirish harakatlari boryapti. Yaʼni ilmoniy kuchlar, shu kunga kelib xalq nazarida oʻta obruysizlanib qolgan diniy yetakchi guruhni hokimiyatdan surib chiqarib yuborishmoqchi. Bu kutilayotgan va tabiiy jarayon boʻlib, har qanday quvvat egasi hatto Islomni kufr yordami, hamkorligi yoki kufr vositalari bilan oliy qilishni oʻz oldiga maqsad qilganida ham, bundan boshqa natijalarga erisha olmagan boʻlar edi!

Erondagi bu voqeʼlikka ilmoniylik inqilobiy harakati deb nom berish mumkin. Ular hatto Islomga oʻralgan kufr tuzimiga ham rozi boʻlishmayapti. Toʻgʻrirogʻi Eronda Islomga oʻralgan kufr tuzimining tabiiy inqiroziy jarayoni kuzatilyapti. Yaʼni, vaqtida kufr uchun oʻta manfaatli boʻlgan qalbaki islomiy muhit endi kerak boʻlmay borayotgandek! Yoxud, vaqtida Islomdan boshqaga rozi boʻlmayotgan Eron xalqi, mavjud buzuq islomiy qalbaki tuzumdan zerikdi. Olamiy kufr sistemasi bu kunni uzoq va sabr bilan kutdi va shu kunni tezlatish uchun bor imkoniyatlarini ishga solib borayapti!

 Saudiya arabistonida ham xuddi shu kabi buzuq tuzum hukm suradi. Eronning bu baxtsiz holati vaqti kelib albatta Saudlarning ham boshiga tushadi insha Olloh! Balki yetakchi kufr davlatlaridan milliardlagan dollarlarga qurol sotib olayotgani, shu kunning oldini olishga qarata harakat boshlayotgani uchun boʻlishi mumkin.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.