Sebastyan Kurz: Mamlakatimizda siyosiy Islomga oʻrin yoʻq

717
0

Sebastyan Kurz: Mamlakatimizda siyosiy Islomga oʻrin yoʻq

Avstriyaning bosh vaziri Sebastyan Kurz, nemis gazetasiga bergan intervyusida, Avstriyada Islom 1912 yildan beri mavjud ekanligini, ammo siyosiy Islomga aslo yoʻl qoʻymasligini bildirdi.

Islom Avstriya davlati tomonidan rasman tan olingan dinlarning biri ekanligini va xuddi shu tarzda davom etishini aytgan Sebastyan Kurz “Oʻlkamizda siyosiy Islomga oʻrin yoʻq”, deya qoʻshimcha qildi.

Bosh vazir Kurz tomonidan bildirilgan bu ogohlantirish yangi hukumatning Yaqin Sharq boʻyicha mutaxassisi sifatida tanilgan shaxs va ayni paytda davlat tashqi ishlar vaziri Karin Kneisslning fikr-mulohazalari bilan toʻla mos keladi.

Jurnalist va universitet oʻqituvchiligidan tashqi ishlar vaziri va bosh vazir yordamchisi lavozimigacha koʻtarilgan Kneissl ham siyosiy Islom haqidagi fikrlarni mamlakat uchun eng katta xavf deb biladi.

Karin Kneissl oʻz lavozimini egallashi bilanoq “Bugungi kunda hech qanday moʻʼtadil islom qolmadi”, degan bayonoti bilan Avstriyada Islomga qanday muomala qilish tartibini belgilab qoʻygan edi.

 “Odamlar bugun yo Islomiy boʻlishlari, yaʼni Islomga asoslangan jamiyatni qabul qilishlari yoki din va davlat ishlarini ajratishga rozi boʻlishlari kerak. Bundan boshqa hech qanday oʻrta yoʻl yoʻq”, deydi otasining ishi tufayli bolalik yillari Arab mamlakatlarida oʻtgan Kneissl.

Turkiston:

Kufr yetakchilari haqiqiy Islom, yaʼni hayotning barcha jabhalarini, jumladan siyosatni ham oʻz ichiga olgan Islomni nafaqat oʻz yurtlarida, balki Islom oʻlkalarida ham xohlashmaydi. Ularning talabiga koʻra, Islom dini xuddi nasroniylik dini kabi masjidlar va shaxslar hayotiga cheklanib, davlat ishlariga umuman aralashmasligi lozim. Ular buni Moʻʼtadil Islom”, deb nomlashib, oʻzlarining yurtlarida ham, Musulmonlar oʻlkalarida ham faqat shuni xohlashmoqda.

Kufrning barchasi bitta millat ekanligini juda yaxshi bilamiz. Ammo baʼzi musulmonlarning bu borada kufrning maqsadiga xizmat qilishlari oʻta achinaridir. Chunki Musulmonlarning oʻzlaridan chiqqan bu “xizmatchilar” kufrning maqsadini amalga oshirishda ularga yordam bermasa, ular bir qadam ham ilgarila olishmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.