Ostonada Suriya boʻyicha muzokaralar boshlandi

741
0

Ostonada Suriya boʻyicha muzokaralar boshlandi

 Qozogʻiston poytaxti Ostonada Suriya boʻyicha muzokaralarning sakkizinchi raundi boshlandi. Rossiya, Turkiya va Erondan boʻlgan delegatsiyalar uning doirasida texnik uchrashuvlarni oʻtkazishmoqda, deb xabar berdi RIA “Novosti”.

 Taʼkidlanishicha, Ostona muzokaralarining sakkizinchi raundi ikki kun – 21 va 22 dekabr kunlari boʻlib oʻtadi: payshanba kuni ishtirokchilar oʻrtasida turli shakllarda uchrashuvlar boʻlib oʻtadi, juma kuni esa asosiy yalpi yigʻilish tashkil etiladi.

 Muzokaralarda Rossiya delegatsiyasiga Rossiya prezidentining Suriya boʻyicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentьev, Turkiyada – tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sedat Onal, Eronda – TIV rahbari oʻrinbosari Husayn Jaboriy Ansariy rahbarlik qilmoqda. Shuningdek uchrashuvda Suriya hukumati va muxolifati, kuzatuvchi davlatlar – AQSh va Iordaniya delegatsiyalari ham ishtirok etadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.