Putin MDH uchun xavf haqida maʼlum qildi

Putin MDH uchun xavf haqida maʼlum qildi

 Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maʼlum qilishicha, MDH uchun tahdid Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqdagi terrorchilardan kelmoqda, ular bu mintaqalardan ekspansiya uchun maydon sifatida foydalanishga harakat qilishmoqda. Bu haqida RIA “Novosti” xabar berdi.

 Putinning soʻzlari Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov tomonidan MDHga aʼzo mamlakatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari  Kengashi yigʻilishida oʻqib eshittirildi.

 “Shunisi aniqki, jahonda roʻy berayotgan vaziyat global chaqiriqlar va tahdidlarga yangi, yanada samarali yoʻllar bilan javob qaytarishni talab qilmoqda. MDH davlatlari uchun asosiy xavf Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq hamda Shimoliy Afrikada harakatlanayotgan terrorchilik tashkilotlaridan kelmoqda. Terrorchilar bu mintaqalardan ekspansiya uchun maydon sifatida foydalanishga urinishmoqda, bu yerda yangi jangarilarni yollashmoqda va ularni oʻqitishmoqda, boshqa davlatlardagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun yoʻnaltirishmoqda”, – deya taʼkidlab oʻtdi Putin.

 Shuningdek murojaat matnida taʼkidlanishicha, maxsus xizmatlarning anʼanaviy uchrashuvlari “terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi, transmilliy jinoyatchilik bilan kurashdagi koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga koʻmak beradi”.

Turkiston: 

2018 yil mart oyida Rossiyada navbatdagi prezident saylovi boʻlib oʻtadi. Putin saylov oldidan,  Rossiyani bugungi ahvolga colib qoʻygan sabablarni tushuntirib berishi kerak boʻladi. Suriyaga oʻyushtirilgan harbiy bosqinchilik harakatlari va sarf xarajatlaridan koʻzlangan maqsad va sabablar haqida biror narsa oʻylab topishi kerak! Yaʼni Putin oʻzini va mavjud rejim vakillarini hokimiyatda saqlab qolish uchungina aralashgan Suriya urushida “Rossiya uchun qandaydir maqsad va manfaatlar bor edi va men bu manfaatlarni roʻyobga chiqardim” demoqchi boʻlyapti.

Aslida, Putin Rossiya manfaatiga juda katta zarar yetkazdi. Mamlakat iqtisodini izdan chiqardi, xususiylashtirish siyosatini amalga oshirib, mamlakat daromadini “oligarxlar” nomini olgan bir guruh jinoyatchilar qoʻliga oʻtkazib berdi. Natijada Rossiyaning ogʻir va yengil sanoatlari inqirozga yuz tutdi. Oqibatda Rossiya fuqorolarining yashash darajalari yanada ogʻirlasha boshladi. Vaholanki xalqaro siyosatda Rossiyaning olamiy mafkuraviy manfaatlari deyarli qolgan emas! U olamiy “islomiy terrorizm” xavfini daf qilish bahonasida Shomda, Markaziy Osiyoda yoki dunyoning boshqa bir mintaqasida biror manfaatni qoʻliga kiritadigan holatda emas! Putin rejimi oʻzining xudbinligi kasofatidan yuzaga kelayotgan bu vaziyatni yashirish yoki boshqa bir omilga toʻnkab yuborish maqsadida AQSh bilan til biriktirib, Suriyaga harbiy bosqinchilik yurishini amalga oshirdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbati chogʻida, Tramp Putinga Suriyada koʻrsatgan jonbozligi uchun minnatdorchilik birdirib, Yaqin Sharq, Osiyo va Markaziy Osiyo mintaqalaridagi muammolarga toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek,  oʻsha xavfli mintaqalarda yana hamkorlikda ish olib borishlaridan umid qilayotganini aytib oʻtdi.

Demak, Putin keyingi prezidentlik muddatiga qolish maqsadida, yangi mintaqalarga urush urugʻini sepish amaliyotlarida AQSh bilan hamkorlik qilishga rozi boʻldi. Rossiya Tojikistonga qurol sota boshladi. AQSh esa, Avgʻonistonda “IShID” harbiy tashkilotini yangidan shakllantirib boryapti. Rossiya tubanlikka qulashda davom etaveradi. Demak Putin uchun Rossiyani doimo xavf xatarlar bilan qoʻrqitib borishdan oʻzga yoʻl qolmadi.

Xulosa qilish mumkinki, AQSh Rossiyani oʻziga hamkor qilib olib, Markaziy Osiyoda xavfli vaziyat paydo qilmoqchi. Maqsadi shu mintaqalarda harbiy bazalar paydo qilib, Xitoyga tahdid sola oladigan holat paydo qilib olish. Putinning maqsadi esa, AQShga shu maqsadi yoʻlida yordam berib yuborish bilan oʻzining jinoiy rejimini saqlab qolish uchun AQSh koʻmagini qoʻlga kiritish yoki hech boʻlmaganda oʻz rejimini qulatib yuborish uchun harakat qilmaslikka AQShni koʻndirishdir.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.