Rossiya Tojikiston armiyasini qurollantiradi

780
0

Rossiya Tojikiston armiyasini qurollantiradi

 Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi “​Afgʻoniston bilan chegarada vaziyatni qattiq nazoratga olish uchun Tojikiston hukumatiga qurol-yarogʻ hamda texnik vositalarni, jumladan, aloqa va havo hujumidan himoyalanish vositalarini, tank va vertolyotlarni yetkazib berishini”​ maʼlum qildi. Bu haqda “Sputnik” Tojikiston  nashri xabar qilmoqda.

 “Rossiya Federatsiyasi hamda Tojikiston Respublikasi oʻrtasida tuzilgan xalqaro harbiy-texnikaviy shartnoma asosida koʻmak yetkazib beriladi”,- deyiladi Mudofaa vazirligi bergan bayonotda.

 Shuningdek, bayonotda maʼlum qilinishicha, Tojikiston Qurolli kuchlariga oʻqotar mashina, artilleriya, zirxli tanklar BTR-80, jangovar piyoda mashinalari BMP-2, T-72 rusumli tank vositalari, Mi-8 va Mi-24 rusumidagi vertolyotlar taqdim etiladi. Bundan tashqari, Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaa kompleksi, tibbiy va topografik vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan texnikalar ham Tojikistonga yuborilishi qayd qilingan.

 Rossiya Federatsiyasining ayni paytgacha Tojikiston hududida 201-son harbiy bazasi faoliyat yuritadi. Shuningdek, Qirgʻiziston hududida Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli aviatsiya bazasi ishlab turibdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.