YeI Rossiyaga nisbatan sanktsiyalar muddatini uzaytirdi

409
0

YeI Rossiyaga nisbatan sanktsiyalar muddatini uzaytirdi

 Evropa ittifoqi davlatlari yetakchilari Rossiyaga qarshi joriy etilgan iqtisodiy sanktsiyalarni 2018 yilning oʻrtasiga qadar uzaytirish haqidagi qarorni qabul qilishdi. Bu haqda Yevropa kengashi raisi Donalьd Tusk Twitter’dagi sahifasida xabar bergan.

 Xabarga koʻra, cheklov choralari energetik, mudofaa hamda moliyaviy sektorlarga aloqador.

 Sanktsiyalar uzaytirilishi haqida avvaliga Reuters agentligiga Bryusseldagi amaldorlar hamda diplomatlar anonim holda maʼlum qilishdi. Gap 2014 yilning 31 iyulidan joriy etilgan sanktsiyalar haqida bormoqda.

 Frantsiya prezidenti Emmanyuelь Makron hamda GFR kantsleri Angela Merkel payshanba kuni Minsk kelishuvlari hozirga qadar bajarilmaganini sababli cheklov choralari yana yarim yilga qadar amalda boʻlishini maʼlum qilishdi.

 Sanktsiyalar soʻnggi marta 2017 yilning iyunida uzaytirilgan va ularning muddati 2018 yilning yanvarida oʻz nihoyasiga yetishi kerak edi.

 Sanktsiya roʻyxatidan Rossiyaning davlat ishtirokidagi eng yirik kompaniyalari joy olgan. Ularning Yevropa moliyaviy bozoriga kirishi cheklandi.

 Sanktsiyalar “Rosneftь”, “Gazprom neftь”, “Transneftь” neftgaz kompaniyalari, Sberbank, VTB, “Gazprombank”, “Vneshekonombank” banklari, shuningdek Qrim kompaniyalariga nisbatan joriy etilgan.

 Mudofaa sektori kompaniyalariga nisbatan qurol-yarogʻ eksportiga embargo kiritildi, shuningdek ikkilamchi maqsadlardagi tovarlar va Rossiyada harbiy yoʻnalishda foydalanilishi mumkin boʻlgan texnologiyalar eksportiga taqiq qoʻyildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.