IHT davlatlari Sharqiy Quddusni Falastin poytaxti deb eʼlon qildi

IHT davlatlari Sharqiy Quddusni Falastin poytaxti deb eʼlon qildi

Islom hamkorligi tashkiloti (IHT) davlatlari poytaxti sharqiy Quddus boʻlgan Falastin davlatini tan olishini eʼlon qilishib, jahon hamjamiyatini Sharqiy Quddusni Falastin davlatining okkupatsiya qilingan poytaxti, deb tan olishga chaqirdi.

 Bu haqda IHTning Istanbulda boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari sammiti yakunlariga koʻra qabul qilingan Istanbul deklaratsiyasida yozilgan.

 IHT mamlakatlari AQSh prezidenti Donalьd Trampning Quddus boʻyicha chiqargan qarorini eng qatʼiy tarzda qoralaydi, deyiladi deklaratsiya matnida. Istanbul deklaratsiyasi quyidagi moddalarni oʻz ichiga oladi:

  1. IHT mamlakatlari AQSh prezidenti Donalьd Trampning Quddus boʻyicha chiqargan qarorini eng qatʼiy tarzda qoralaydi
  2. Quddusning (Isroil) tomonidan anneksiya qilinishi va bu anneksiya doirasida bosilgan qadamlar tan olinmaganidek, bu qaror ham IHT uchun ham huquqiy, ham tarixiy, ham axloqiy tomondan noqonuniyligicha qoladi. BMT, Yevropa ittifoqi va jahon hamjamiyatini BMTning barcha, jumladan, Quddus statusi haqidagi qarorlariga rioya qilishga chaqiramiz.
  3. IHT poytaxti Quddus boʻlgan 1967 yil chegaralaridagi mustaqil va suveren Falastin davlatini tan olish majburiyatidan qaytmaydi va buni mintaqadagi tinchlik va barqarorlikning asosiy sharti, deb hisoblaydi.
  4. IHT davlatlari Falastin va Quddus uchun barcha xalqaro platformalar, jumladan, BMTda kurash olib borishda hamkorlik qiladi va oʻz harakatlarini muvofiqlashtiradi.
  5. IHT davlatlari Falastin davlati va uning tuzilmalarini har tomonlama mustahkamlash uchun oʻz kuchlarini jamlaydi.
  6. Barcha davlatlarni 1988 yilda eʼlon qilingan, falastin xalqi irodasini aks ettiruvchi Falastin davlatini tan olishga chorlaymiz, bu boʻlayotgan voqealar fonida mintaqada barqarorlikka erishish uchun zaruriyatga aylandi. Poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan Falastin davlatini tan olamiz va jahon hamjamiyatini Sharqiy Quddusni Falastin davlatining okkupatsiya qilingan poytaxti, deya tan olishga chaqiramiz.
  7. Yaratilgan shart-sharoitlarda falastinliklar oʻrtasida sulh yaqin orada oʻzaro hurmat, ishonch va oʻzini fido qilish asosida tuzilishi kerak. IHT davlatlari bu jarayonga koʻmak berishda davom etishadi.
  8. Tramp maʼmuriyatini xalqaro huquqqa toʻgʻri kelmaydigan, mintaqada tartibsizlik keltirib chiqaruvchi qarorni qayta koʻrib chiqishga, xato qadamdan voz kechishga chaqiramiz.
  9. Islom hamkorligi tashkiloti falastinlik barcha birodarlarni, jumladan, Falastin davlati rahbari Mahsud Abbosni poytaxti sharqiy Quddusda boʻlgan suveren va mustaqil Falastin davlati uchun kurashda qoʻllab-quvvatlaydi.
Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.