Jeenbekov Oʻzbekistonda kimlar bilan uchrashishi maʼlum qilindi

44
0

Jeenbekov Oʻzbekistonda kimlar bilan uchrashishi maʼlum qilindi

 Qirgʻiziston prezidenti devonining tashqi siyosat boʻlimi boshligʻi Oyzoda Subakojoyeva maʼlum qilishicha, Sooronbay Jeenbekov 13-14 dekabr kunlari Oʻzbekistonda rasmiy tashrif bilan boʻladi. Uning soʻzlariga koʻra, ushbu tashrif – qoʻshni davlat bilan faol siyosiy muloqotni davom ettirishdir.

 Tashrif davomida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan tor va kengaytirilgan shaklda uchrashuv oʻtkazilishi kutilmoqda, shuningdek, Jeenbekov Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamda spiker bilan ham uchrashadi. Tashrif yakunlari boʻyicha qator hujjatlar hamda kelishuvlar imzolanadi.

 13 dekabr kuni ertalab Oʻzbekiston va Qirgʻiziston ishbilarmon doira vakillari ishtirokida biznes-sessiya oʻz ishini boshlaydi.

 “Chegarani delimitatsiya qilish boʻyicha hujjat hozircha yoʻq. Ikki davlatning ishchi guruhlari ishlamoqda, uch oyda 40 kilometrdan ortiq hudud hujjatlarga tushirildi”, – deya aytib oʻtdi Subakojoyeva.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.