Bishkekda TurkPA yigʻilishi boʻlib oʻtdi

803
0

Bishkekda TurkPA yigʻilishi boʻlib oʻtdi

 “Ala-Archa” davlat qarorgohida 8 dekabrь kuni turkiy tildagi mamlakatlar Parlament assambleyasining 7-yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.

 Tadbirda turkiy tildagi mamlakatlar Parlament assambleyasiga aʼzo davlatlar – Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkiya va Ozarboyjon parlamentlarining spikerlari ishtirok etdi. Vengriya parlamenti vitse-spikeri Ishtvan Yakab kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston va Turkmaniston delegatsiyasi faxriy mehmonlar sifatida taklif etilgan.

 Bishkekda TurkPA yigʻilishi oʻtkazildi. Oʻzbekiston delegatsiyasi birinchi marta qatnashdi.

 Yigʻilish boshlanishidan avval 1916 yilgi fojiali hodisalarda halok boʻlganlar xotirasiga atab barpo etilgan “Urkun” memorialiga, shuningdek 1930-yillardagi qatagʻon qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan “Ata-Beyit” memorial majmuasiga gullar qoʻyishdi. Shundan soʻng delegatsiyalar qirgʻiz xalqi yozuvchisi Chingiz Aytmatov memorialiga ham gullar qoʻydilar.

 2018 yilda turkiy tildagi mamlakatlar Parlament assambleyasida raislik Qozogʻistondan Qirgʻizistonga oʻtadi.

 Ishtirokchilar kun tartibi doirasida tashkilotning boʻlajak faoliyatiga aloqador masalalarni koʻrib chiqishadi, turkiy tildagi mamlakatlar Parlament assambleyasi raisi oʻrinbosarlarini saylaydilar. Shuningdek, qatnashchilar Bishkek deklaratsiyasini qabul qilishadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.