Putin navbatdagi saylovda ham qatnashadi

Putin navbatdagi saylovda ham qatnashadi

 Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2018 yilgi prezident saylovida ishtirok etishini maʼlum qildi.

 Putin Nijniy Novgoroddagi Gorkiy avtomobilь zavodi tashkil etilganiga 85 yil toʻlishi munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbirda chiqishi vaqtida bu haqda rasman maʼlum qildi.

 “Men Rossiya Federatsiyasi prezidentligi uchun nomzodimni ilgari suraman. Bu haqda eʼlon qilish uchun bundan yaxshiroq vaqt va joy yoʻq edi. Rossiya faqat oldinga yuradi va bunda unga hech kim toʻsiq boʻla olmaydi, hech kim toʻxtata olmaydi”,- dedi Putin.

 Bungacha Putin OAV tomonidan u navbatdagi prezidentlik saylovida qatnashishi ehtimoli haqidagi savollarini ochiq qoldirib kelayotgandi.

 Rossiyada saylovoldi kampaniyasi 2017 yilning 17 dekabrida boshlanadi. Ovoz berish jarayoni 2018 yilning 18 martida boʻlib oʻtadi.

 Agar Putin bu saylovda gʻalaba qozonsa, toʻrtinchi muddatga Rossiya prezidenti boʻladi va 2024 yilgacha shu lavozimda boʻladi.

 Bungacha prezidentlik saylovida ishtirok etish istagi KPRF yetakchisi Gennadiy Zyuganov, LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy, “Yabloka” asoschisi Grigoriy Yavlinskiy, tadbirkorlar huquqlari himoyasi boʻyicha vakil Boris Titov hamda teleboshlovchi Kseniya Sobchak tomonidan bildirilgandi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.