Mehmet Goʻrmez: Har bir moʻmin Xalifalikdan masʼuldir

699
0

Mehmet Goʻrmez: Har bir moʻmin Xalifalikdan masʼuldir

Turkiyaning diyonat ishlari boʻyicha sobiq vaziri doktor Mehmet Gormez Iqtisodiy va Ijtimoiy tadqiqotlar markazining haftalik “Chorshanba konferentsiyasi”da mehmon boʻldi. Konferentsiyada soʻzga chiqqan Goʻrmez Qurʼoni Karim insonlarning yaratilish masalasini eng goʻzal shaklda yoritib berganligini taʼkidladi.

“Qurʼonda insonning yaratilishi haqida juda koʻp oyatlar mavjud. Ammo bu oyatlarning barchasini toʻrtta yaratilish gʻoyasiga, yaʼni ibodat, xalifalik, amonat va obodonchilik gʻoyasiga bogʻlab tushunishimiz mumkin”, “Ibodat uchun sodiqlik va samimiyat kerak. Xalifalik amalda boʻlishi uchun adolat zarur. Amonatni oʻz oʻrniga qoʻyish uchun Xalifalik talab qilinadi. Obodonchilik vazifasini bajarish uchun esa jihod va ijtihod talab qilinadi. Biz bularni qanday amalga oshirishni Paygʻambarimiz (sollallohu alayhi vasallam)ning hayotidan oʻrganamiz”, dedi Goʻrmez.

Ibodat soʻzini faqat toat-ibodat sifatida talqin qilish notoʻgʻri ekanini taʼkidlagan Goʻrmez “Ibodat bu – hayot tarzidir, u odamlarning oʻz yaratuvchisini tanib yashashga imkon beradi. Ibodat bu – inson oʻz hayotini Allohning xohshiga koʻra tartibga solishidir. Faqat toat-ibodat bilan mashgʻul boʻlishning oʻzi yetarli emas”, deya qoʻshimcha qildi.

Shuningdek, sobiq vazir Xalifalik Musulmonlarning eng muhim vazifasi ekanligiga alohida urgʻu berdi. Vazirga koʻra, Xalifalik butun dunyo masʼuliyatini musulmonlarning zimmasiga yuklaydi.

“Xalifalik musulmonlarga dunyo ustidan javobgarlikni yuklaydi. Har bir moʻmin Xalifalik uchun masʼuldir. Bu masʼuliyat insonlarni boshqarish istagiga bogʻliq emas. Bu masʼuliyat Muhammad Mustafo (sollallohu alayhi vasallam) keltirgan dinni butun dunyoga olib chiqish vazifasidir. Xalifalikning vazifasi Islom rahm-shafqatini butun dunyoga yoyishdir. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning ummati esa, butun dunyo ustidan masʼuldir”, dedi sobiq vazir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.