Afgʻoniston prezidenti rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi

771
0

Afgʻoniston prezidenti rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi

 Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Afgʻoniston prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani Koʻksaroy qarorgohida munosib kutib olindi.

Koʻksaroydagi muzokaralar yakunida Oʻzbekiston va Afgʻoniston prezidentlarining Qoʻshma bayonoti imzolandi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan, taʼlim va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan 20 hujjat imzolandi. Xavfsizlik masalalari boʻyicha qoʻshma komissiya tuzish, Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam, Surxon – Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish, Mozori Sharif – Shibirgʻon – Maymana – Hirot temir yoʻlini barpo etish, yuk tashish, bojxona sohasidagi aloqalar toʻgʻrisidagi hujjatlar shular jumlasidandir.

 Shuningdek, tashrif doirasida umumiy qiymati 500 million dollardan ziyod boʻlgan 40 dan ortiq eksport shartnomasi imzolandi.

 Prezidentlar ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda boʻlib oʻtgan muzokaralar va imzolangan hujjatlar Oʻzbekiston bilan Afgʻoniston oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli va uzoq muddatli aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladilar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.