AQSh va Janubiy Koreya keng koʻlamli harbiy mashgʻulotlarni boshladi

AQSh va Janubiy Koreya keng koʻlamli harbiy mashgʻulotlarni boshladi

  AQSh va Janubiy Koreya KXDRda oʻtkazilgan soʻnggi raketa sinovlaridan soʻng, dushanba kundan Vigilant ACE deb nomlanuvchi harbiy mashgʻulotlarni boshlamoqda, deb xabar berdi “Sputnik” sayti.

 Janubiy Koreya OAVlarida keltirilayotgan xabarlarga asosan, 230 ta samolyot, shu jumladan Amerikaning 6 dona F-22 koʻrinmas-qiruvchi samolyotlari ishtirok etadigan bu mashgʻulotlar tarixdagi eng yirik koʻlamli harbiy mashgʻulot boʻlishi kutilmoqda.

 Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi ushbu mashgʻulotlar Seul va Vashingtonning irodasi, shuningdek, “Shimoliy Koreya provokatsiyalariga” munosib javob qaytara olishi mumkinligini namoyish etishga qaratilgan.

 Xabarlarga koʻra, Shimoliy Koreya 29 noyabr kuni “Xvason-15” raketasini sinovdan oʻtkazdi. U 13 ming kilometrgacha masofada boʻlgan nishonni aniq olishi, shu tariqa AQSh hududini toʻliq qoplashi mumkinligi maʼlum qilindi.

 Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi nashri “Kukpan ilьbo”da keltirilishicha, parlamentda oʻtgan eshittiruvlar chogʻida harbiylar tomonidan berilgan bayonotlarga koʻra, 8 dekabr kuni oʻz nihoyasiga yetadigan manevrlar doirasida amerikaning F-22 va F-35A qiruvchilari ishtirok etib, bunda Shimoliy Koreyaning raketani uchiradigan harakatlanuvchi moslamalarini yoʻq qilish mashqlari olib boriladi.

 Bundan tashqari, dushman tomonning uzoq masofalarni oʻqqa tutuvchi artilleriyasini yoʻq qilish hamda dushman hududiga desantchilarni tashlash mashgʻulotlari olib boriladi.

 Renxap maʼlumotlariga koʻra, Vigilant ACE harbiy mashgʻulotlari AQSh HHKning B-1B “Lanser” bombardimoni, Amerikaning olti dona EA-18 “Grouler” samolyotlari, oʻnga yaqin F-15C qiruvchilari va shuncha miqdorda F-16 samolyotlari ishtirokida oʻtkaziladi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.