Haley: Agar urush chiqsa, Shimoliy Koreya butunlay yoʻq qilinadi

1035
0

Haley: Agar urush chiqsa, Shimoliy Koreya butunlay yoʻq qilinadi

Shimoliy Koreya ballistik raketa sinovini oʻtkazishi ortidan BMT Xavfsizlik kengashi  shoshilinch yigʻilish utkazdi. BMT bosh kotibi Antonio Guterres Pxenyanning raketa sinoviga “BMT embargolarini buzish va xalqaro hamjamiyat qarashlarini eʼtiborga olmaslik” deya baho berdi.

BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yigʻilishida Shimoliy Koreyaning harakatlariga eʼtibor qaratgan AQShning BMTdagi elchisi Nikki Haley Shimoliy Koreya amalga oshirgan soʻngi ballistik raketa sinovlari Pxenyan va Vashington hukumatlarini biroz urushga yaqinlashtirganligini daʼvo qildi.

“Agar oʻrtada urush sodir boʻlsa, bu biz guvoh boʻlib turgan har doimgi tajovuzkor harakatlar sababli boʻladi. Agar urush chiqsa, shubhasiz Shimoliy Koreya butunlay yoʻq qilinadi”, dedi Nikki Haley.

Shuningdek Haleyning maʼlum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy prezidenti Si Tszinьpinga qoʻngʻiroq qilib, Xitoyning Shimoliy Koreyaga neftni sotishni toʻxtatish vaqti kelganini aytgan.

AQSh prezidenti Tramp Xitoy prezidenti Si Tszinьpin bilan telefon suhbatidan soʻng, Tvitterdagi sahifasi orqali, Shimoliy Koreyaga yangi sanktsiyalar kiritilishini eʼlon qildi.

“Shimoliy Koreyaning provokatsion harakatlari haqida Xitoy prezidenti Si Tszinьpin bilan gaplashdim. Shimoliy Koreyaga qoʻshimcha sanktsiyalar kiritamiz. Bu vaziyatni koʻrib chiqamiz”, deya Pxenyanning qitʼalararo ballistik raketa sinovidan soʻng ikkinchi marta yangi sanktsiyalar kiritishga urgʻu berdi.

Hizb ut-Tahrir shu yilning 23 aprel kuni quyidagi http://uz.turkiston.biz/2017/05/15/amerika-va-shimolij-koreya-urtasida-asta-sekin-kuchajib-borayotgan-taranglik/ link orqali nashr qilgan “Amerika va Shimoliy Koreya oʻrtasida asta sekin kuchayib borayotgan taranglik” nomli savol-javobda AQSh bilan Shimoliy Koreya oʻrtasidagi vaziyatni aniq-tiniq qilib yoritib bergan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.